
Alisher Navoiy korpusi

78
Yo rab, ul oy husnining idrokin elga mubham et,
Ko'z bila ko'nglumni ul sirri-xafig'a mahram et.
Ko'yi-yu qaddu labi yodin manga qilg'il fuzun
Jannat-u To'bi bila Kavsar tamannosin kam et.
Diyda ko'rmak istasa Oning yuzidin o'zga yuz,
Qiyrlar birla bu ikki suqba javfin mahkam et.
Gar ko'ngul vaslidin o'zga vasl surin istasa,
Qism anga hijron siyah cholida doim motam et.
Xotiri savdoi ar ul zulfdin o'zga havas
Qilsa, ani zulfdek oshuftaho-lu darham et.
Ruh ul qad jilvasidin o'zga qilsa orzu,
Hajr o'ti ichra anga do'zax azobin har dam et.
Ko'nglum o'ldi hajr o'tidin resh, ey soqiy, manga
Bodai kofurgun durdidin olib marham et.
Yo'q chu olam bog'ida bo'yi vafo, ey piri ishq,
Jilvagah bir jom ila ko'nglumga o'zga olam et.
Ishq jurmig'a Navoiyni qovarsen, ey pariy,
Qovma, javru zulm qil, devonavu rasvo ham et,