Alisher Navoiy korpusi

79

Harfi ishq o'ldi azaldin safhai jonimda sabt,

Har ne andin o'zga barcha lavhi nisyonimda sabt.

Dedim: ey ko'nglumga o'q urg'on, nedur otting, degil,

Dedi: boqkim, aylamishlar ani paykonimda sabt.

Qaysi shahlar boshi qasring davrida bormish desam,

Derki: boqqilkim, erur ul toqi ayvonimda sabt.

Bo'lsa tobe' Vomiq-u Majnun, ne tongkim, aylamish

Ishq tug'rosin qazo kilki mening shonimda sabt.

Ishq avroqida, eykim, o'qiding yuz ming balo,

Yuz tuman oncha erur avroq hijronimda sabt.

Dardi ganji sharhini, eykim, tilarsen, qilmisham,

G'ussa nishi no'gi birla kunji vayronimda sabt.

Ne o'qirsen qissada Ya'qub huzninkim, erur

Oncha yuz bir oy g'amidin baytul-ehzonimda sabt.

Juzv-juzvimni ayiribkim parishon aylading,

Bordur aning sharhi ajzoyi parishonimda sabt.

Ishq tig'i yarasidin o'lganim tarixini,

Ey Navoiy, nazm aylab, ayla devonimda sabt.

  • Semantik izoh: