
Alisher Navoiy korpusi

8
Ulki ishq ahlini o'lturmak erur odat anga,
Jon kerak bo'lsa, ko'ngul aylamagay rag'bat anga.
Hajr muhlik ekanin mundoq agar bilsam edi
Tutmag'ay erdim agar o'lsam edi ulfat anga.
Ul pariy suvratig'a telba ko'ngul bo'ldi asir
Ishq aro, voyki, yuzlandi ajab suvrat anga.
Yuzi ko'zni yoritur, lek quyosh xira qilur,
Bilur ulkim ko'zi borkim, munga yo'q nisbat anga.
Tosh urarlar meni Majnung'aki, qozmish Farhod,
Ishq aro mencha qachon erdi ekin shiddat anga.
O'ldi Majnun ko'rubon dilbarini men ko'rmay
Mencha yo'q erdi ekin o'lganida hasrat anga.
Diyda pobo'sin ayog'ingg'a magar eltur ashk,
Yo'q esa muncha yugurmakda nedurur sur'at anga.
Meni sargashtada hijron o'qidin ming paykon,
Charxi gardonga mushobih ko'runur hay'at anga.
Dahrning gulshanidin bo'yi vafo tutma tama'
Kim, sabo moshitasi sepmadi bu nakhat anga.
Ey xush ul rindki, mug' dayrini qildi maskan,
Yetsa ham mug'bachalar ishqida yuz ofat anga.
Ey ko'ngul, qo'yma Navoiyniki, hushyor o'lg'ay,
Ko'p yetardek esa davron elidin mehnat anga