
Alisher Navoiy korpusi

80
Vahki chiqdi otlanib bir mast loyaqil yigit,
Sarvdek yeldin ot uzra har taraf moyil yigit.
La'li no'shi birla yuz yillig' o'lukka ruh baxsh,
G'amza nishidin Masih-u Xizirg'a qotil yigit.
Tig'i xunrezi ajaldek qatli om aylab valek,
So'rsa har jonib nechukkim umr musta'jil yigit.
Anglamonkim hurm-u erkin, malakmu yo pariy
Kim, bashar jinsida andoq ko'rmaduk hosil yigit.
Ko'ngli qotig'liqdin elni o'lturur, rahm aylamas,
Olloh-Olloh kim ko'rubtur buyla sangindil yigit.
Zahri chashmu tig'i qotil g'amzayi hunrez ila,
Qilg'uchi elga tiriklik rasmini mushkil yigit.
G'orati din qildi-yu kofirlig' irshod aylabon,
Ahli kufr alfozi birla har zamon qoyil yigit.
Qaribon qilma yigitlar suhbatin har dam havas
Kim, qarini istamas bazm ahlig'a doxil yigit.
Ey Navoiy, nega bo'ldung telba deb ko'p so'rmakim,
Aql-u hushum qolmadi chiqqach bu loyaqil yigit.