
Alisher Navoiy korpusi

81
Vah qayon bordi buzuq ko'nglumni zor etgan yigit,
Javr tig'i birla ko'ksumni figor etgan yigit.
Orazin ochqanda ko'nglumni ochib gul-gul valek,
Kirpikidin onda yuz ming xor-xor etgan yigit.
Necha ko'nglum toat-u taqvokim aylab ixtiyor,
Jilva qilg'ach mast ani beixtiyor etgan yigit.
Bizni ishq oyinida rasvoyi olam aylabon,
Ofiyat ahli qoshida sharmisor etgan yigit.
Ishq tarkidaki yuz tadbir etib ko'nglum nihon,
Daf'ig'a yuz la'bu afsun oshkor etgan yigit.
Meni salohu ofiyat ishqingda tark etgan qari,
Sen jafo-yu zulm qatlimg'a shior etgan yigit.
Tavba aylab erdim, ey zohid, netay tutti manga,
Lolagun may ber, uzorin lolazor etgan yigit.
Bilki ne ajzu niyoz oyinu rasm etgan qari,
Qolg'usi ne nozu istig'noyu sor etgan yigit.
Nosiho tarki junun qilmas Navoiy kelmayin,
Ishq dashtida ani devonavor etgan yigit.