
Alisher Navoiy korpusi

83
Yor bo'lmoq tong emas men zori rasvo birla do'st
Kim, pariy gohi bo'lur majnuni shaydo birla do'st.
La'lini sevdum, ko'zining qatlidin qayg'urmog'um,
Ne g'am o'lmaktin, kishi bo'lsa Masiho birla do'st.
Zulfi savdosi, bu savdoyi boshinda ko'pturur,
Bo'lsa savdo ahli, tong yo'q, ahli savdo birla do'st.
Sarvqadliq, guljabinlik do'stning hijronida
Bo'lmog'um ne gul bila, ne sarvi ra'no birla do'st.
Hajrdin olam qorong'udur vale, g'am yo'q, gahe
Jilva qilsa ul jamoli olamoro birla do'st.
Xizr yuz mehr ila tutqan jomi Jamdin yaxshiroq,
Tutsa may durdini yuz toroj-u yag'mo birla do'st.
Bo'lma dunyo do'st, gar istar esang osudaliq,
Lek har ne qilsalar, bo'l ahli dunyo birla do'st.
Ey Navoiy, necha dushman bo'lsa, yonma do'stdin,
Chun sanga bo'lmishtur ul yuz ming tamanno birla do'st.