
Alisher Navoiy korpusi

84
Chu qildi jilvagar ul sho'xi no'shlab suvrat,
Meni zaifqa ko'rguzdi yuz ajab suvrat
Jamoli suvratini safhada ko'rub, ittim,
Tushub jahonni kezarga qilib talab suvrat.
Ne nav' suvratidin ko'z olayki, ma'nidin
Bo'lurg'a bir xabar o'lmish manga sabab suvrat.
Nishot suvratidin topqamen dedim, vahkim,
Muyassar o'lmayin ul berdi yuz taab suvrat.
Firoq anduhida, soqiyo, qadah tutkim,
Bu ko'zgu ichra manga ko'rguzur tarabsuvrat.
Ul oy jamoli aro zulfidin ajab qoldim
Ki, oy arosida qilmish ayon zanab suvrat.
Navoiy oso dardu fig'on ilan menkim,
Bulardurur manga zoti-yu muktasib suvrat.