Alisher Navoiy korpusi

87

Tanimga berdi jon ul naxli qomat,

Dema qomat ani, degil qiyomat.

Vafog'a mayl qilmas naxli qadding

Ki, topmish javr aro ko'p istiqomat.

Yuz ochma, garchi tutqay ko'rsa ma'zur

Meni ishqingda arbobi malomat.

Ne g'am gar yuz meningdek o'lsa, yo rab

Ki, bo'lsun ul masihodam salomat.

Abad umricha bor ollida o'lmak,

Buyurma, ey nasihatgo', nadomat.

Nedur, ey shayx, ushatmoq sog'arimni,

Butun qil, bor esang ahli karomat.

Navoiyni deding ko'yumdin o'tma,

Salomat bo'l, desang aylay iqomat.

  • Semantik izoh: