Alisher Navoiy korpusi

88

Ey qoshing fitna-vu ul nargisi shahlo ofat,

Yo'qtur ul ikkida juz fitna-vu illo ofat,

Ne qad-u, ne ko'z-u ne g'amzaki, har dam andin

Yo balodur manga, yo fitnadurur, yo ofat.

Dema ra'no qad ila jilvasidin xolingni,

Jilva jonimg'a balo, ul qadi ra'no ofat.

Manga ne ofiyat o'lg'ayki, xayol etsam, erur

Yuzini yuz saridin jonima paydo ofat.

Muncha ofatki erur dahrda, sendin tushmish,

Yo'qsa olamda burun yo'q edi muncha ofat.

Soqiyo, bodaki, taqvo-yu riyo ofatidin

Yaxshiroq, bo'lsa manga sog'ar-u sahb

Vahki, kirpiklarining ofati ko'nglumga kirib,

Solmish ul kulba aro bu kecha g'avg'o ofat.

Foniy o'lg'il, tilasang vaslki, bu yo'lda erur

Xirqa-vu daftar-u tasbih-u musallo ofat.

Asl uldurki, sanamlar sari ko'z solmag'asen,

Ey Navoiy, tilasang ko'rmamak aslo ofat.

  • Semantik izoh: