
Alisher Navoiy korpusi

89
Agar jahong'a falakdin g'ame bo'lur hodis,
Erur bu xastani g'amnok aylamak bois.
Magar o'lar kuni Farhod birla Majnunning
Balo-vu dardig'a ishq ayladi meni voris.
Firoq xirmani yig'dim, visol tuxmin ekib,
Zamona mazraida bormu men kibi horis.
Iyodatimdin ul oy gar qo'par, chiqar jonim,
Tirikmen ar bo'lur ul umr bir zamon mokis.
Tariqi ishq-u muhabbat manga-yu Majnung'a
Aningdek o'ldiki, topmas sipehr anga solis.
Sen ista fayzi fano dayr gungu lolidin
Ki, ishq darsini bilmas mujodil-u bohis.
Erur Navoiy-u ishq ichra ming balo, go'yo
Falak havodisi barcha anga bo'lur hodis.