Alisher Navoiy korpusi

9

Kilk erur jismimki, til bo'lmish demakdin lol anga,

Ichda pech-u toblig' nolamni angla, nol anga.

Sun' kilkidin yozildi go'yi, ul go'yi zaqan,

Nuqtalar yanglig' zanaxdoningda ikki xol anga.

Kokulung elga jahonni tiyra qilg'on dud erur,

Har sari zulfung iki yonida tushkan dol anga,

Ko'ynda ovora ko'nglum xasta ermish, ey rafiq,

Lutf etib ma'lum qilsangkim, ne bo'lmish hol anga.

Ey musavvir, topmasang Layli-yu Majnun chehrasin,

Dilbarimni bil munga o'xshash, meni timsol anga.

Soqiyo, ko'nglumni davron qildi ko'ptin-ko'p malul,

Bo'lg'ali forig' kerak bir jomi molomol anga.

Ey Navoiy, kimki qildi hajr bedodin qabul,

Rahbari sarmanzili vasl o'ldi bu iqbol anga.

  • Semantik izoh: