Alisher Navoiy korpusi

90

Mening majnunlug'umg'a ishq-u savdo gar erur bois,

Va lekin bu ikkiga bir pari paykar erur bois.

Dema bois nedurkim, talpinursen har kecha to subh,

Tikilgan kirpikingdin jong'a yuz nishtar erur bois.

Ko'ngulda otashin la'ling g'ami, ayb etma kuysamkim,

Tutashmoqqa tanim xoshoki ul axgar erur bois.

O'qungdin par chiqardim, ko'yunga qilsam havo, tong

Ki, uchmoq mayli qilmoqqa bu bolu par erur bois.

Firoqing biymidin yuz qatla jon bergay edim, lekin

Hayotimg'a umidi la'li jonparvar erur bois.

Chu mendin yuz evurdung, tong emas, boshingg'a evrulsam,

Bu sargardonlig'img'a gardishi axtar erur bois.

Agar rahn o'ldi tasbihu rido mayxonada, ey shayx,

Icharga dayr piri ilgidin sog'ar erur bois.

Fano bahrig'a cho'mmoqdin g'araz tolibqa vasl o'ldi

Ki, g'avvos o'lmakiga g'arq o'lub, gavhar erur bois.

Navoiy jismining za'fig'a bois bo'ldi bedilliq,

Vale bedillig'in so'rsang, anga dilbar erur bois.

  • Semantik izoh: