Alisher Navoiy korpusi

92

Ey jahon mulki xiroji sanga bir gavhari toj,

Mulklar shohi qo'yub dargahinga toj-u xiroj.

Tuzubon adl, ko'ngul mulkini obod etting,

Mulk ma'mur bo'lur, adlg'a shah bersa rivoj.

Tengriga gavhari zoting edi kulli maqsud,

Sun' daryosin azal subhi qilurdin mavvoj.

Ehtiyoj aylabon izhor quyosh ra'yingg'a,

Xalq andoqki quyosh nuriga bo'lg'ay muhtoj.

Paykaring tufrog'ig'a xayli maloyik homil,

Taxti izzu sharafingg'a to'quz aflok davvoj.

Chun chiqib taxti xilofat uza Haqdin, bo'lubon

Hukmi gardankashiga mulkdin amri ixroj.

Buyla mardud hadisin nega qilding maqbul

Kim, tanazzulg'a badal bo'ldi sanga ul me'roj.

Ne tag'oful edikim, uyla aduv makr bila

Xoksor etti seni, mulkunga solib toroj.

Ro'zg'oring qorarib zulmati isyon ichra,

Zor eding, afv ilki tutmasa ollingga siroj.

E'tiroz etma, Navoiy-u fuzul o'lmaki, Haq

Xalq etib sevdi, yana dard berib qildi iloj.

El ne bilsun ne edi haqqa bu ishda hikmat,

Mehr nurin ne bilur shapparaki tiyra mizoj.

  • Semantik izoh: