
Alisher Navoiy korpusi

94
Ey, soching oshuftasi yuz xayli savdoiy mizoj,
Ko'rmaduk zanjir ham savdog'a bois, ham iloj.
Vasl ishida asr-u nozukluk tushubtur, ey ko'ngul,
Kim erur ham nozuk ul gulchehra, ham nozuk mizoj.
Dardi hajrim arz qilsam, derki, sabr et, voykim,
Zahr ila muhlik marazg'a ko'rmaduk hargiz iloj.
Tig' tortib tojvarlar, boshig'a chun chopti raxsh,
Tandin uchti, vahki, har yon boshu boshtin uchti toj.
Zulmunga bo'lsam zabun yuz vajh ila, ne aybkim,
Sen g'anisen — men gado, sen shah — men ahli ehtiyoj.
Tuz bo'yung oq-u qoralik, dol-u gul tundin erur,
Uyla o'qkim, obno's o'lg'ay anga payvand oj.
Kishvari ishq ichra zolim shahdur ul sultoni husn
Kim, ko'ngullar mulkidin jon naqdini olur hiroj.
Arsh qandili gumon qil shishadek sofiy ko'ngul,
Urmag'il damkim, topar yeldin xalal ravshan zujoj..
Ohi muhlikdur, Navoiy ko'ngli zaxmi islanib,
El o'lar, topsa havog'a chun ufunat imtizoj