
Alisher Navoiy korpusi

95
Emas la'ling qatili jong'a muhtoj,
Ko'zungnung kofiri imong'a muhtoj.
Labing muhtojidur ko'nglum, nachukkim,
Skandar chashmai hayvong'a muhtoj.
Chu maydon ichra surdung, bas bu ofat,
Emas nazzora gar javlong'a muhtoj.
Tilar ko'nglum o'zin ishqing shahidi
Ki, bor ul g'amzai fattong'a muhtoj.
Qochar ko'nglum qushi tan kulbasidin,
Agarchi chug'z erur vayrong'a muhtoj.
Yuzung qursi qamar, muhtoj anga men,
Gado andoqki bo'lg'ay nong'a muhtoj.
Fano mayxonasida qil gadolig',
Desangkim, bo'lmayin sultong'a muhtoj.
Anga muhtojroq menmen, agarchi
Erur ko'p gar boqar har yonga muhtoj.
Navoiy jong'a muhtoj ermas, ammo
Erur yuz jon bila jonong'a muhtoj.