
Alisher Navoiy korpusi

99
Chiqti bog'lab yana ul kofiri xunrez qilich,
Mast har sori surar raxsh, chekib tez qilich.
Qilichin ko'rdumu jonimg'a tarab yuzlandi,
Turfadur qon to'kub o'lmoq, tarabangez qilich.
Qatra qonlarki, tomar tig'idin, uchmoq gulidur
Ki shahidin qilur ul g'amzag'a xunrez qilich.
Har qayon tig' solur, ko'nglum osig'lig'dur anga,
Buyla qatl ahlida kim ko'rdi dilovez qilich.
Lam'ayi tig'i dema, barq choqilg'an kibikim,
Go'yiyo keskali ilgidin etar xez qilich.
Ishq aro ajzini ko'rgilki, o'larga Farhod
Xasmi fartut tilin ayladi Parvez qilich.
Shah Navoiy tilidek tig' ila ko'p mulk ochti,
Tortmish ochqali Bag'dod ila Tabriz qilich.