
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq iboralari
Gar aylasam vatan ul ko‘y aro, meni qovmang
Ki ishq shu’lasi o‘t soldi xonumonim aro (21-g‘azal, 3-bayt)
Uyiga o‘t qo‘ymoq
Ishq o‘ti ichra har dam kul bo‘lurmen o‘rtanib,
Gah-gahi ham telba itlardek chiqarmen churkanib (56-g‘azal, 1-bayt)
Ishqida yonmoq
Soldi o‘t ko‘nglumg‘avu orom tutti g‘ayr ila,
Shu’la yanglig‘ so‘zlug‘ ko‘nglumni beorom etib. 57-g‘azal, 2-bayt)
Ko‘ngliga o‘t solmoq
Har zamon ko‘nglum qotig‘ ermas dema, ey siymbar,
Yoshurun qolmas billur ichra nihon po‘lod etib. 58-g‘azal, 6-bayt)
Ko‘ngli qattiq
Bir yo‘li ishq ahli orimenki, qo‘ymaslar meni
Jam aro bir yo‘li, aql-u hushdin begona deb. (64-g‘azal, 3-bayt)
Aql hushidan begona bo‘lmoq
Har bir bo‘lub bir axtari nahse chu shomi hajr,
Chun dudi ohim uchqunini ko‘kka yetkurub. (66-g‘azal, 4-bayt)
Ohi ko‘kka yetmoq