Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq maqollari

Ishqing bosh ursa zor tanimdin, emas ajab,

Xoshok ichinda shu’lani bo‘lg‘aymu yoshurub. (66-g‘azal, 5-bayt)


“Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi”

Umr qasrin necha kun tutqil g‘animatkim, darig‘,

Xush binodur, poydor ermas vale bunyodi ko‘p. (67-g‘azal, 8-bayt)


“Umrni g‘animat bil”

Boshim chu gardu ko‘zum ko‘r sensiz o‘lmadi bot,

Qoshingda bosh ko‘tarib, ko‘z ocharg‘a qo‘ymas uyot. (74-g‘azal, 1-bayt)


“Uyat o‘limdan qattiq”

Falakning pardai zaylin bukim qildi shafaq gulrang,

Magarkim yer yuzidin ko‘z yoshim xunobi toshibdur. (144-g‘azal, 6-bayt)
 


“Ko‘z yoshi toshni eritar”, “Yosh ko‘zdan chiqmaydi, ko‘ngildan chiqadi”

Tilar Laylini Majnun, dilbarin miskin Navoiy, vah,
Kerak bulbulg‘a gul, devonag‘a yori pariypaykar. (161-g‘azal, 9-bayt)
 


“Bulbul gulga oshiq, gul –sanamga”

Derlarki, og‘iz o‘t desa kuymas, vale bu oh
Chun sabt bo‘lsa, xomayu daftarni kuydurur. (164-g‘azal, 5-bayt)
 


"Og‘iz o‘tdan emas oh-vohdan kuyar”