Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Zahri firoqingdin qayu oshiqki bo‘ldi talxkom, No‘shi visoling yetmasa, Iso anga topmas davo. (1-g‘azal, 3-bayt)

Iso – Iso Masih (a.) payg‘ambar. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Etmasa gardi rahing ko‘hli bo‘lub Ruhulloh Ojiz aylar chog‘i xuffosh amosig‘a davo. (3-g‘azal, 4-bayt)

Ruhulloh – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Nega olam o‘rtadi, husnung o‘tidin lam’aye, Tushmagan bo‘lsa jamoli Yusufi Kan’on aro. (4-g‘azal, 3-bayt)

Yusuf – payg‘ambar, Ya’qub alayhissalomning o‘g‘li

Tushmagan bo‘lsa quyoshingdin qo‘lig‘a partave, Bas ne bayzo erdi jaybi Musai Imron aro. (4-g‘azal, 4-bayt)

Imron – Muso payg‘ambarning otasi

Jannat istab aylaganlarni ibodat qilmag‘il Kavsar-u to‘bi-yu qasr-u huru Rizvondin judo. (5-g‘azal, 8-bayt)

Rizvon – Jannatni qo‘riqlovchi farishta

Gung etti Masihoni-yu tor etti quyoshni Ul nutqi dilorom ila ul husni diloro. (6-g‘azal, 2-bayt)

Masiho – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan