Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tanosib san`ati

Yo rab, ul barg nasib etki, Navoiy topqay Bog‘i tavhid gul-u bulbuldek barg-u navo. (3-g‘azal, 7-bayt)

bog‘, gul

Tushmagan bo‘lsa quyoshingdin qo‘lig‘a partave, Bas ne bayzo erdi jaybi Musii Imron aro. (4-g‘azal, 4-bayt)

quyosh, partav

Esmayin lutfung riyozidin chaman sari nasim, Gulga bulbul qayda vola bo‘ldi bu bo‘ston aro. (4-g‘azal, 5-bayt)

chaman, bo‘ston

Gesuv-u yuzung sunbuli-yu bargi gulidin, Devona men-u shifta laylan va nahoro. (6-g‘azal, 3-bayt)

barg, gul

Yuzi ko‘zni yoritur, lek quyosh xira qilur, Bilur ulkim ko‘zi borkim, munga yo‘q nisbat anga. (8-g‘azal, 4-bayt)

yuz, ko‘z

Soqiy mayiki yor lab-u orazi kebi Bo‘lg‘ay nazar harimida rang-u safo anga. (10-g‘azal, 6-bayt)

lab, oraz

To ichsam ani ul yuz-u lab jilva aylasa, Jon ko‘zgusida raf’ bo‘lub mosivo anga. (10-g‘azal, 7-bayt)

yuz, jon

G‘unchadekdurkim, ocharlar kuch ila barglarin, Bo‘lg‘ali hajrida qonlig‘ ko‘ngul afgor manga. (11-g‘azal, 2-bayt)

g‘uncha, barg

Bordi ul xurshid-u ashkim oqti, vah, tole’ ko‘rung Kim, ne yanglig‘ axtari sayyoraye bordur manga? (13-g‘azal, 5-bayt)

xurshid, axtar, sayyora

Ey alifdek rost qadding hasrati jonlar aro, Jism ichinda jon kebi sen barcha sultonlar aro. (20-g‘azal, 1-bayt)

qad, jon, jism

Atlas-u zarbaft aro nodon aningdek hashv erur Kim, xatoyi safhada sabt o‘ldi afshonlar aro. (20-g‘azal, 8-bayt)

atlas, zarbaft

Ko‘z-u ko‘ngul qurumish, ne to‘kay ayog‘ingg‘a Ki, qolmamish dur-u la’li ushbu bahr-u konim aro (21-g‘azal, 4-bayt)

ko‘z, ko‘ngul, oyoq

Gulandomlar ichra, ey gul’uzor, Qizil gul kebisen rayohin aro. ( 22-g‘azal,3-bayt)

gulandom, guluzor, gul

Navoiy duo aylar ul hur uchun, Maloyik, madad aylang omin aro (22-g‘azal, 7-bayt)

hur, maloyik

Navoiy, Zuhra udin motamim tutqonda kuydurdi Falak sari erishib borg‘an uchqunlar fig‘onimg‘a. (23-g‘azal, 7-bayt)

zuhra, falak

O‘tg‘a solg‘il sarvni, ul qaddi mavzun bo‘lmasa, Elga bergil gulni, ul ruxsori gulgun bo‘lmasa. (24-g‘azal, 1-bayt)

sarv, gul, gulgun

Tiyra shomim shiddatin andin so‘rungkim, bo‘lmag‘ay Nur bir sham’i shabistondin saro bo‘stonida. (25-g‘azal, 3-bayt)

shom, sham, shabiston

Furqat ichra Navoiy ul gulsiz Bulbuledurki, yo‘q navo anda. (26-g‘azal, 7-bayt)

bulbul, navo

Yulduz itkandek quyosh yog‘dusida, itti quyosh Orazing xurshidi chun qildi tulu’ ul yog‘du-da. (27-g‘azal, 3-bayt)

quyosh, xurshid,

Yuzum tufroqdadur har dam qurug‘on jism ranjidin, Behiga sarnigunlik shoxi za’fidin bo‘lur go‘yo. (28-g‘azal, 5-bayt)

yuz, jism

Voykim, jonimg‘a ko‘z-u qosh-u xattu xolidin, Yo adamdur, yo malolat, yo suubat, yo balo. (29-g‘azal, 4-bayt)

jon, ko‘z, qosh, xol; malolat, suubat, balo

Naylay o‘lmay, ey ko‘zi qotilki, yuz ming yoradin, Jismi afgorim uza muhlikdurur aksar yaro. (30-g‘azal, 2-bayt)

ko‘z, yuz, jism

Gul-u gulzor sening bog‘i jamolingg‘a fido, Sarv-u shamshod dog‘i toza niholingg‘a fido (31-g‘azal, 1-bayt)

gul, gulzor, bog‘, sarv, shamshod, nihol

Yangi oy, balki to‘lun oy demayin, balki quyosh, To‘lin oy-u quyoshing uzra hilolingg‘a fido. (31-g‘azal, 4-bayt)

oy, quyosh, hilol

Naylay qora nargisni, boshimg‘a urayinmu Kim, boshima ofat keturur ul ko‘zi shahlo. (32-g‘azal, 2-bayt)

bosh, ko‘z

Do‘zaxni agar ishq o‘ti birla qiziturlar, Dard ahlig‘a uchmoqdin erur bas tamug‘ avlo. (32-g‘azal, 5-bayt)

do‘zax, tamug‘

Darddin g‘amgin ko‘ngulda xona qilmish yuz mavod, Ey, qora ko‘z, daf’ig‘a bir nishi mujgondur davo (33-g‘azal, 5-bayt)

dard, g‘am, davo; ko‘ngul, yuz, ko‘z, mujgon

Kilkida Navoiyning jon shirasi muzmardur, Har nayda qachon bo‘lg‘ay bu nav’ shakar paydo. (34-g‘azal, 7-bayt)

kilk, nay

Necha boda maxfiy, chu fosh o‘ldi ishqim, Tut emdi qadah, soqiyo, oshkoro (35-g‘azal, 6-bayt)

boda, qadah, soqiy

Bevafodur bu chaman, ko‘p bo‘lmang, Ey, sapidor ila nojo‘ ra’no (36-g‘azal, 6-bayt)

chaman, sapidor, ra’no

Yuzung ko‘z mardumining nurin oldi, Pariy solg‘an kebi insong‘a yag‘mo (37-g‘azal, 3-bayt)

yuz, ko‘z, mardum

Ey, yuzung gulbargiga oshuftavu hayron sabo, Telbalardek gulshani ko‘yungda sargardon sabo. (39-g‘azal, 1-bayt)

gulbarg, sabo, gulshan

Chun shafoat daftari sendin tutarmen ko‘z, ne g‘am, Har qo‘lumg‘a bersalar mahsharda maktub, ey habib (40-g‘azal, 6-bayt)

ko‘z, qo‘l

Soqiyi gulchehra, gulgun boda beandoza tut Kim, bu gulshan ichradur xori malolat behisob (40-g‘azal, 6-bayt)

gulchehra, gulgun, gulshan, xor

Qilich bog‘i beling quchqon hasaddin Ko‘zumga ajdaredur shakli qullob. (44-g‘azal, 4-bayt)

bel, ko‘z

Jonim ichra kirpigi nishi teshuk qilg‘an kibi Bilgurur og‘zi, tabassum aylagach ul ikki lab. (45-g‘azal, 2-bayt)

jon, kirpik, lab, og‘iz

Dahr bo‘stonida bir husn guli ochilmas, Bulbuli ishq agar bo‘lsa navosiz, ne ajab (46-g‘azal, 2-bayt)

bo‘ston, gul, bulbul, navosiz

Jamolin ayla ulus ko‘zidin nihon, yo rab, Nihon o‘tumni aning ko‘nglig‘a ayon, yo rab. (47-g‘azal, 1-bayt)

jamol, ko‘z, ko‘ngul

Ayog‘i chunki yetar ostoni tufrog‘ig‘a, Boshimni aylagil ul xoki oston, yo rab. (47-g‘azal, 2-bayt)

bosh, oyoq

Zohido, sen bo‘l riyo avji uza masnadnishin Kim, Navoiyg‘a erur faqr-u fano tufrog‘i xo‘b. (48-g‘azal, 7-bayt)

faqr, fano, zohid

Ey, firoqingdin manga g‘am ro‘zi-yu mehnat nasib, Ohkim, hajringda o‘z shahrimda bo‘lmishmen g‘arib. (49-g‘azal, 1-bayt)

firoq, g‘am, hajr, g‘arib

G‘urbat ichra istar erdim kezibon yor-u diyor, Chunki toptim, istamak g‘urbat erur behad g‘arib. (49-g‘azal, 3-bayt)

g‘urbat, g‘arib

O‘z diyorimda buzug‘ ko‘nglum ne yanglig‘ to‘qtasun Kim, erur begona ham ahbob mendin, ham habib. (49-g‘azal, 4-bayt)

ahbob, habib

Ey Navoiy, yor vaslin topmasang, yo‘qtur ajab, No‘sh yo‘q, lekin ko‘rar yuz nish guldin andalib. (49-g‘azal, 7-bayt)

gul, andalib

Yuzungda qironing erur bas ajoyib Ki, oy davrida halqa urmish kavokib. (50-g‘azal, 1-bayt)

oy, kavokib

Yuzung ollida har nafas tutma ko‘zgu, Quyoshni qamar yopmoq ermas munosib. (50-g‘azal, 3-bayt)

quyosh, qamar

Eyki, dersen: bormasun ul yuz sari ko‘nglung qushi, Kim ko‘rubtur sham’din parvona bo‘lmog‘ mujtanib. (51-g‘azal, 2-bayt)

sham, parvona; yuz, ko‘ngul

Ko‘rmagan mushkin sahob ichra payopay soiqa, Dudi ohimdin damo-dam shu’lalar ko‘r multahib. (51-g‘azal, 3-bayt)

dud, shu’la

Gah ko‘zidin o‘lturur, gohi labidin jon berur, Sho‘xlig‘dindur anga har dam burayi munqalib. (51-g‘azal, 4-bayt)

ko‘z, lab

Rindlar, iflosdin g‘am yo‘q, to‘kilgan bodadin Aysh etarsiz, chunki mug‘ dayrig‘a kirdi muhtasib. (51-g‘azal, 5-bayt)

rind, boda

Kuydi ko‘nglum, shu’la o‘tlug‘ dostonidin tushub, Rost ul qushdekki kuygay, o‘t fig‘onidin tushub. (52-g‘azal, 1-bayt)

shu’la, o‘t, fig‘on

Ishq nobud etti bizni vola-yu shaydo qilib, Qatl uchun har lahza muhlik boise paydo qilib. (53-g‘azal, 1-bayt)

nobud etmoq, qatl uchun

Hush-u aql-u nom-u nangim shishasin sindurg‘ali Nozanin siyminbarim ko‘nglin qazo xoro qilib. (53-g‘azal, 3-bayt)

siyimbar, ko‘ngul

Ishq kimni ko‘rmasun deb odamilig‘din nishon, Dilbarin aning pariy paykar, malaksiymo qilib. (53-g‘azal, 4-bayt)

dilbar, pari paykar, malaksiymo

Ibtido aylab alifdin, muhr aylab dog‘din, Ishq manshurin chu davron otima insho qilib. (53-g‘azal, 4-bayt)

insho, muhr aylamoq

Soqiyo, tut jomi ruhafzoki, muhlik hajrdin Kim, bo‘lub mahzun ilojin sog‘ari sahbo qilib. (53-g‘azal, 7-bayt)

ruhafzo, hajr, nahzun

Ey, xush ul rindi xarobotiki, mast o‘lg‘on zamon Dahrg‘a hukmin surub, gardung‘a istig‘no qilib. (53-g‘azal, 8-bayt)

rind, mast o‘lmog‘

Ishqi kofir, chun Navoiy telbani din mulkidin Xorij aylab, moyili dayr-u mug‘u tarso qilib. (53-g‘azal, 9-bayt)

ishqi kofir, telba, tarso

Vah, ne balo ekinkim, ul chiqti samandin o‘ynatib, Qoshlari yosini chekib, g‘amzasi o‘qlarin otib. (54-g‘azal, 1-bayt)

qosh g‘amza; yosin, o‘q

Tizginib, uylakim quyun, aylanib uylakim tutun, Raxshi solib chu dubdurun, xayli baloni qo‘zg‘atib. (54-g‘azal, 3-bayt)

tutun, dudburon

Elga ochib uzorini, gul kebi yuz bahorini, Dard-u firoq xorini ko‘kragim ichra o‘rnatib. (54-g‘azal, 4-bayt)

uzor, yuz, ko‘krak; gul, bahor

Ishqi chu elga o‘t yoqib, ikki ko‘zum suyi oqib, Har sarikim kula boqib, dard ila bizni yig‘latib. (54-g‘azal, 5-bayt)

ko‘z, kula boqmoq

Ul meni surmakka har dam xanjari hijron chekib, Men ayog‘idin boshim olmay, yo‘linda jon chekib. (55-g‘azal, 1-bayt)

oyoq, bosh

Ul ichib el birla ruhafzo qadahlar oshkor, Men balo jomida zahri g‘ussani pinhon chekib. (55-g‘azal, 2-bayt)

ichmoq, jom, qadah

Vasl ne mumkinki, to oshiqmen, ul qatlim uchun O‘q chekib qosh yoyig‘a, men zaxmdin paykon chekib. (55-g‘azal, 3-bayt)

vasl, oshiq; o‘q, yoy, paykon

Men chekib ko‘z qonidin yuz uzra xatlar birga yuz, Nildin xatkim banogo‘shi aro jonon chekib. (53-g‘azal, 4-bayt)

ko‘z, yuz

Davr bazmida ne maykim xalq no‘sh aylar, meni Qon yutarg‘a ul aroda soqiyi davron chekib. (55-g‘azal, 6-bayt)

may, no‘sh aylamoq, soqiy

Ishq o‘ti ichra har dam kul bo‘lurmen o‘rtanib, Gah-gahi ham telba itlardek chiqarmen churkanib. (56-g‘azal, 1-bayt)

o‘t, kul

Ul pariy ko‘nglum qushin sayd etti, zulfin dom etib, Yuzi birla xoli su donasidin rom etib. (57-g‘azal, 1-bayt)

ko‘ngul, yuz, xol

Kofirekim dinim oldi, dog‘i kirdi qasr aro, Qal’ai Xaybarg‘a kirdi, g‘orati islom etib. (57-g‘azal, 3-bayt)

din, qal’ayi Xaybar, islom

Ul quyosh hajrinda, ey soqiy, shafaqgun may manga Tut labolab, lek davri charx zarfin jom etib. (57-g‘azal, 6-bayt)

quyosh, charx; soqiy, jom, may

Ichsangiz may suyidin, ishrat uyin obod etib, Jur’aye ham quyg‘asiz tufroqqa, bizni yod etib. (58-g‘azal, 1-bayt)

may, ishrat uyi

To havoiymen ul oy hajrida andoqkim, bulut Toqqa har dam yuzlanurmen, yosh to‘kub, faryod etib. (58-g‘azal, 3-bayt)

oy, bulut; yosh to‘kmoq, faryod etmoq

Ul quyundurmen fano dashtidakim, bo‘ldum adam, Har ne borimni boshimdin chuyurib, ozod etib. (58-g‘azal, 5-bayt)

fano dashti, adam, ozod etmoq

Chekti bosh xatting lab-u xoling qoshida, vah, ne tong, Gar muloyim bo‘lsa to‘ti shakkar-u hind-u ko‘rub. (60-g‘azal, 4-bayt)

bosh, qosh, xol

Lablari xandon bo‘lur, ko‘rgach ko‘zumda yig‘lamoq, Ko‘zlarim yig‘lar, labi jonbaxshida kulgu ko‘rub. (60-g‘azal, 5-bayt)

lab, ko‘z

Nosiho, ne nav’ mayi jomini og‘zimdin olay Kim, icharmen, mayda soqiy orazin o‘tr-u ko‘rub. (60-g‘azal, 6-bayt)

may, jom, soqiy, ichmoq; og‘iz, oraz

Yuzidin o‘rtanibon talpinur ollida ko‘ngul, Sham’ ayog‘ida urung‘an kebi, parvona kuyub. (62-g‘azal, 4-bayt)

yuz, ko‘ngul, ayog‘

Eyki so‘rdungki, qachon kuydi buzug‘ ko‘nglung uyi, Orazing barqi chaqilg‘onda, bu koshona kuyub. (62-g‘azal, 5-bayt)

ko‘ngul, oraz

Chun Navoiy chekib ul oy g‘amidin shu’lai oh, Oshno kul bo‘lub ul o‘tdin-u begona kuyub. (62-g‘azal, 7-bayt)

shu’la, o‘t

Istagaymu huri jannat yonida kavsar suyin, Kimki yori birla bir kun boda ichti yondashib? (63-g‘azal, 4-bayt)

huri jannat, kavsar suvi

Ey Navoiy, bevafo davr ahlig‘a indurma bosh Kim, alar qoshida bosh indurgan el bo‘ynin qashib. (63-g‘azal, 9-bayt)

bosh, qosh, bo‘yin

Men hamulmenkim, qovar majnun deb emdi tifllar Kim, tilar erdi ulug‘lar oqil-u farzona deb. (64-g‘azal, 5-bayt)

ulug‘lar, oqil

nan

nan

May quyoshimu ichimda uyoqib, Yo falak mehr o‘ti ko‘nglumda yoqib. (65-g‘azal, 1-bayt)

quyosh, falak

Har bir bo‘lub bir axtari nahse chu shomi hajr, Chun dudi ohim uchqunini ko‘kka yetkurub. (66-g‘azal, 4-bayt)

shomi hajr, dudi oh,

Topmag‘ay naxli qadingdek bir niholi xush xirom, Garchi bo‘lg‘ay bog‘bonning sarv ila shamshodi ko‘p. (67-g‘azal, 4-bayt)

nihol, sarv, bog‘bon, sarv, shamshod

Buyla taxt uzra bo‘lub boshing uza xurshidi toj, Mundoq oltun toj uza Birjis gavhar bo‘ldi, tut. (69-g‘azal, 5-bayt)

xurshidi toj, oltun toj, Birjis gavhar

Bazmi ishqing bodasin kavsar deyin yo salsabil, Jomi Jam ul jonfizo sahbog‘a sog‘ar bo‘ldi, tut. (69-g‘azal, 6-bayt)

kavsar, salsabil; Jomi jam, boda

Deb eding, soqiyki, vaqt o‘lg‘och, tutay bir jomi may, Davrdin mir’oti avqotim mukaddar bo‘ldi, tut. (69-g‘azal, 11-bayt)

soqiy, jomi may

Topsa kunduz kavn shug‘lidin zamiring tiyralik, Kecha bori may quyoshidin zamiringni yorut. (70-g‘azal, 3-bayt)

kunduz, kecha

Husn mulki uza, oyo, ne pariy erkinsen Ki, bo‘lur sadqa sanga charx uza xayli malakut. (71-g‘azal, 3-bayt)

husn mulki, pari, malakut

Jon halok o‘ldi Navoiyg‘avu tan zor-u nahif, Ul o‘lukka yasamish ushbu so‘ngakdin tobut. (71-g‘azal, 7-bayt)

halok bo‘lmoq, o‘luk, tobut

Ey tani xoki, ul oy ollida hukmi birdurur, Garddek chiq ko‘kka yo tufrog‘dek yo‘linda yot. (73-g‘azal, 6-bayt)

oy, ko‘k

Boshim chu gard-u ko‘zum ko‘r sensiz o‘lmadi bot, Qoshingda bosh ko‘tarib, ko‘z ocharg‘a qo‘ymas uyot. (74-g‘azal, 1-bayt)

bosh, ko‘z, qosh

Labing xayolidan ar mastmen, ne tongki, erur Bu may xayoli bila olam ahli aksar mast. (77-g‘azal, 5-bayt)

may, mast

Ko‘yi-yu qaddu labi yodin manga qilg‘il fuzun, Jannat-u to‘bi bila kavsar tamannosin kam et. (78-g‘azal, 2-bayt)

jannat, kavsar

Harfi ishq o‘ldi azaldin safhai jonimda sabt, Har ne andin o‘zga barcha lavhi nisyonimda sabt. (79-g‘azal, 1-bayt)

sahf, lavh

Dedim: ey ko‘nglumga o‘q urg‘on, nedur otting, degil, Dedi: boqkim, aylamishlar ani paykonimda sabt. (79-g‘azal, 2-bayt)

o‘q, paykon

Qaysi shahlar boshi qasring davrida bormish desam, Derki: boqqilkim, erur ul toqi ayvonimda sabt. (79-g‘azal, 3-bayt)

shoh, qasr

Orazin ochqanda ko‘nglumni ochib gul-gul valek, Kirpikidin onda yuzming xor-xor etgan yigit. (81-g‘azal, 2-bayt)

oraz, ko‘ngul, kirpik, yuz

Hajr ko‘nglum kishvarin bir o‘t bila kuydurdikim, Kildi ishq ahlig‘a dudidin savodi a’zam o‘t. (82-g‘azal, 8-bayt)

ishq, ko‘ngul; o‘t, dud, hajr

Sarv qadliq, guljabinlik do‘stning hijronida Bo‘lmog‘um ne gul bila, ne sarvi ra’no birla do‘st. (83-g‘azal, 4-bayt)

gul, sarv, guljabin, ra’no

Olam ahli, demangiz emdi Navoiykim, meni Bir quyosh hajri havoni qilmish andoqkim bulut. (85-g‘azal, 9-bayt)

quyosh, bulut,havo

Fano dayrida gar may vajhi yo‘q, bas xirqav-u daftar, Meni mayxonadin sudratma, ey xammor, har soat. (86-g‘azal, 9-bayt)

may, mayxona

Ne qad-u, ne ko‘zu ne g‘amzaki, har dam andin Yo balodur manga, yo fitnadurur, yo ofat. (88-g‘azal, 2-bayt)

qad, ko‘z, g‘amza; fitna, balo, ofat

Soqiyo, bodaki, taqvo-yu riyo ofatidin Yaxshiroq, bo‘lsa manga sog‘ar-u sahbo ofat. (88-g‘azal, 6-bayt)

soqiy, boda, taqvo

Ko‘ngulda otashin la’ling g‘ami, ayb etma kuysamkim, Tutashmoqqa tanim xoshoki ul axgar erur bois. (90-g‘azal, 3-bayt)

otashin, kuysamkim, axgar

Ey jahon mulki xiroji sanga bir gavhari toj, Mulklar shohi qo‘yub dargahinga toj-u xiroj. (92-g‘azal, 1-bayt)

mulk, xiroj, toj, shoh

Ko‘nglung, ey bulbulki, yuz parkand erur, gar kelsa gul, Barg-bargidin topar parkand-parkanding iloj. (93-g‘azal, 7-bayt)

gul, bulbul, barg

Chu ketti barg-u gul, bulbul navodin qoldi, ko‘rgilkim Navoiydek emish ul dog‘i bebarg-u navo bo‘lg‘ach. (96-g‘azal, 9-bayt)

barg, gul, bulbul, navo

Sarvi gulro‘yim qilur gulgashti gulzor, ey nasim, Dam-badam sarig‘, qizil gul, ul guli ra’nog‘a soch. (97-g‘azal, 2-bayt)

sarvi gulro‘yim, gulasht, qizil gul, gulirano

Soqiyo, men xastadin badmastlig‘ ermas ajab, Ko‘rguzur ko‘prak zaif elga mayi xammor kuch. (98-g‘azal, 6-bayt)

may, xammor

Ohdin shu’la yetishkandek erur, O‘qidin ko‘ngluma paykon kirgach. (100-g‘azal, 4-bayt)

o‘q, paykon

Yuzung sabuhi azal bodasidin andoqkim, Ne subhg‘a bu sabohat, ne mehr muncha sabih. (101-g‘azal, 6-bayt)

subh, sabohat

Chun quyosh lolasi tong gulshanidin Chiqti, tut lola masallik aqdoh. (102-g‘azal, 2-bayt)

gulshan, lola

Boda keltur, chun quyoshtin chekti maxfiy jom subh Kim, erur jomi nishot ichmakka xush hangom subh. (104-g‘azal, 1-bayt)

boda, jom

Oshkoro bodai gulrang ichmak xushturur, Chun nihon aylar kavokib gullarin gulfom subh. (104-g‘azal, 2-bayt)

gulrang, gulfom

Vahki, ul subh uzor-u shomi zulf anduhidin Yig‘laram to subh shom, afg‘on tuzub to shom, subh. (104-g‘azal, 5-bayt)

subh, shom

Dahr gulzorida har tun chekkali jomi sabuh, Etkurur tong bulbuli faryodidin payg‘om subh. (104-g‘azal, 6-bayt)

gulzor, bulbul

Istamon may bo‘lsa xurshidi jahonoro qadah, Tutmasa bazm ichra ul sho‘xi qadahpaymo qadah. (88-g‘azal, 6-bayt)

may, qadah, qadahpoymo

Bir quyosh hajridin andoq menki ichkum sipqarib, Tutsalar, solib shafaqgun may, sipehroso qadah. (105-g‘azal, 4-bayt)

may, qadah

Chun xarobot ichra mast o‘ldum ichib, ey mayfurush, Rindlar birla solib g‘avg‘o meni rasvo qadah. (105-g‘azal, 9-bayt)

mast, mayfurush, rind

Xusravi G‘oziyki, jomi Jam anga bo‘lsun nasib, To quyoshtin ko‘rguzur bu torami a’lo qadah. (105-g‘azal, 13-bayt)

jom, qadah

Xilqatim bog‘ida ul gul hayfkim, bordur manga Zor tan, majruh jon, mahzun ko‘ngul, g‘amnok ruh. (106-g‘azal, 3-bayt)

bog‘, gul

Ul quyosh qasrig‘a mayl aylar tanimdin chiqsa jon, Kimsa o‘lgandekki, bo‘lg‘ay ozimi aflok ruh. (106-g‘azal, 4-bayt)

jon, ruh

Xatti davrig‘a, ne tong, evrula gar olmas Xizr Kim, bu jur’atda emas gunbadi xazro gustox. (108-g‘azal, 5-bayt)

gunbad, gustox

Gah kirar ko‘zdin ko‘ngulga, gah ko‘nguldin jon aro, Tutmasa orom, tong yo‘q, nozanin, bo‘ldi chu sho‘x. (109-g‘azal, 4-bayt)

nozanin, sho‘x

Ko‘p chuchukluktin ochig‘liq anfa’ o‘ldi ishq aro, Sharbati attor erur shirin, mayi xammor talx. (110-g‘azal, 6-bayt)

xammor, may, sharbat

Ushatti shishav-u, jom-u qadahni bazm ichra, O‘yun tariqini tiflona ayladi ul sho‘x. (111-g‘azal, 3-bayt)

shisha, jom, qadah

Soqiyo, ber qadahki, hijrondin Jong‘adur dard ila anoda rusux. (112-g‘azal, 4-bayt)

qadah, soqiy

Sidq aro piri dayr rosixdur, Lek zohidg‘adur riyoda rusux. (112-g‘azal, 5-bayt)

piri, zohid, riyo

Chamanda qilg‘usi gulgasht go‘yiyo ul sarv Ki, ochti soya uchun har taraf sanavbar shox. (113-g‘azal, 4-bayt)

chaman, gulgasht, sanavbar

Jamol aro mutajalli yuzungda partavi zot, Kamol aro mutalolo o‘zungda nur-u jud. (114-g‘azal, 2-bayt)

jamol, yuz

Ishqi komil gulshani ichra guli ra’no nedur, Bilhaqiqat bo‘lmasa ma’shuq-u oshiq muttahid. (115-g‘azal, 7-bayt)

gulshan, guli ra’no

Labingning shakkari aylab tabassum, Guli xandong‘a ko‘rguzdi shakarxand. (116-g‘azal, 5-bayt)

tabassum, xandon, shakarxand

Vafolig‘ tuz bu gulshan ichra yo‘qtur, Agar nasrin-u gul yo sarv-u shamshod. (117-g‘azal, 7-bayt)

gulshan, gul, sarvi, shamshod

Yo‘q ajab, gar odamiylig‘din chiqib devonamen, Chun manga bor ul pari paykar, malaksiymo umid. (118-g‘azal, 5-bayt)

pari paykar, malaksiymo

Ul ko‘zi sayyod agar jon qasdi aylar saydg‘a, Ollida o‘lgay bo‘lub jon birla minnatdor sayd. (119-g‘azal, 2-bayt)

sayyod, sayd

Saydi gulrang oldi xirman-xirman ul gul xirmani, Lolazori dahraro kim ko‘rdi bu miqdor sayd. (119-g‘azal, 5-bayt)

gulrang, gul, lolazor

Buki har yondin ko‘kartibdur yuzumni koji dard, Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard. (120-g‘azal, 1-bayt)

oltin, lojuvard

May yuzungda gullar ochti, qilma faryodimni man, Bulbul afg‘oni ne tong, ochildi chun gulshanda vard. (120-g‘azal, 2-bayt)

gullar, bulbul, gulshan

Ul quyosh zulfi xamidin chiqsa ohim to‘lg‘anib, Bir quyun bil anikim, davri erur gardunnavard. (120-g‘azal, 5-bayt)

quyosh, gardunnavard, quyun

Ich mayi ishq-u Navoiy, mast o‘l, Kelturur bo‘lsa ko‘p ashkol xirad. (121-g‘azal, 6-bayt)

may, mast

Ey ko‘ngul, gar xud xazon fasli emas, hijron kuni, Nega bog‘ ahlig‘adur titratmav-u ruxsori zard. (122-g‘azal, 6-bayt)

xazon, bog‘

Shakar chun qildi shirinlikni da’vo, Eshitkach lablaring qildi shakarxand. (123-g‘azal, 3-bayt)

shakar, shirinlik, shakarxand

Telbarab eldin chiqib, yo‘linda jon berding valek Rahm qilmas ul pari paykar malaksiymo, ne sud. (124-g‘azal, 3-bayt)

pari paykar, malaksiymo

Sud qildi ulki ichti vasl bazmi ichra may, Bizga soqiy tutmadi bu sog‘ari sahbo, ne sud. (124-g‘azal, 7-bayt)

may, soqiy

O‘zgalarga ichur, ey soqiyi davron, mayi vasl Kim, manga zahri firoq ichmak o‘lubtur mu’tod. (125-g‘azal, 6-bayt)

soqiy, may

Soqiyo, muhlik g‘amimg‘a shodlig‘ imkoni yo‘q, Ne tutay sendin yana jomi nishot afzo umid. (127-g‘azal, 5-bayt)

soqiy, jom

Ham ayog‘ida o‘tuk, ham boshida dastori tund, Oshiq o‘lturmak uchun boshtin ayog‘i bori tund. (128-g‘azal, 1-bayt)

ayog‘, bosh

Dayr pirin tund agar qilmish xumor, ey mug‘bacha, Jomini quyg‘il to‘lo, anda mayi xammori tund. (128-g‘azal, 7-bayt)

may, xammor

Nekim kofir ko‘zung farmoni bo‘lg‘ay, Erur ul din-u imonimg‘a nofiz. (130-g‘azal, 2-bayt)

kofir, din

Ey, labing bodasig‘a ruh-u ravon ichra nufuz, Qaysi ruh-u ne ravon, javhari jon ichra nufuz. (131-g‘azal, 1-bayt)

ruhi ravon, javhari jon

Do‘stlar, mehr-u muhabbatning niholin ekmangiz Kim, bo‘lur ermish anga anduhi hijron barg-u bor. (133-g‘azal, 6-bayt)

nihol, barg

Har kishikim, yer yuzinda bir seningdek mohi bor, Tong emas, yer-ko‘kni gar tutquncha ashk-u ohi bor. (133-g‘azal, 1-bayt)

moh, yer, ko‘k

Qadah quyoshi bila ravshan ayla xotirni, Chu anglasangki, falak zulmidin zalolati bor. (135-g‘azal, 6-bayt)

quyosh, falak

Kir xarobot ichra, ey zohid, tilar bo‘lsang bihisht Kim, mayi kavsar zuloli kulbai xammoridur. (137-g‘azal, 7-bayt)

behisht, kavsar, zohid

Ne ajab gulshan erur davronki, dudi ohdin Sunbuli-yu ashk qoni saylidin gulzoridur. (137-g‘azal, 8-bayt)

gulshan, sunbul, gulzor

Chiq bu gulshandinki, past istar boshingni yer kibi, Onda har damkim sanga sarkash nihole yuzlanur. (138-g‘azal, 8-bayt)

gulshan, nihol

Voqif erkin ishq o‘tining so‘zidin husn ahlikim, Sham’ agar parvonani o‘rtar, o‘zi ham o‘rtanur. (139-g‘azal, 4-bayt)

sham, parvona

Bu chamanda tortibon bulbul tong otquncha fig‘on, Ishq darsin go‘yiyo gul daftaridin o‘rganur. (139-g‘azal, 6-bayt)

chaman, bulbul, fig‘on, gul

Yorsiz vayronda qon yig‘larmen oxir, siz qiling Yor birla gashti bog‘-u lolazor, ey do‘stlar. (140-g‘azal, 5-bayt)

bog‘, lolazor

Ul ko‘z-u qoshdin agar qo‘zg‘olsa olam, tong emas Kim, biridur ofati davron, biri oshubi dahr. (141-g‘azal, 2-bayt)

ko‘z, qosh

Vah, netib, ey xonaqah shayxi, tutay zuhd-u riyo, Dayr piri chun manga faqr-u fano irshod etar. (142-g‘azal, 8-bayt)

shayx, pir, riyo, faqru-fano

Labki xandon qilibon qosh-u ko‘zin o‘ynatadur, O‘ynay-o‘ynay meni bechorani qon yig‘latadur. (143-g‘azal, 1-bayt)

qosh, ko‘z

O‘xshamaydur mening ollimda, agarchi dehqon Sarvi gulro‘yuma sarv-u gulini o‘xshatadur. (143-g‘azal, 8-bayt)

qehqon, sarvi gulro‘, sarvi gul

Sabo mashshotasi, lutf aylabon gulgun to‘nin kiydur Ki, ra’no sarvig‘a gulbargdin xil’at yaroshibdur. (144-g‘azal, 5-bayt)

gulgun, rano, sarvi gul

Kimki olam bog‘ida bir sarvi gulruxsori bor, Bog‘ sayridin farog‘i, sarv-u guldin ori bor. (145-g‘azal, 1-bayt)

bog‘, sarvi gulruxsor, sarvi gul

Gul bila mayni netar devonayekim, ko‘nglida Bir parivash la’lidin may, husnidin gulzori bor. (145-g‘azal, 2-bayt)

gul, gulzor

Gul nasim-u atridin mumkin emas topmoq iloj, Kimki bir gulchehra xori hajridin ozori bor. (145-g‘azal, 3-bayt)

gul, gulchehra

Ko‘zlariga xori mehnatdur gul, ulkim gul chog‘i Guljabinlar ko‘zlari yanglig‘ iki bemori bor. (145-g‘azal, 5-bayt)

gul, guljabin

Olsa ko‘zung hiyla bila ko‘nglumni, ayb emas, Bor ul fusungareki, ishi makr-u hiyladur. (146-g‘azal, 2-bayt)

makr, hiyla

Chaman sahifasida sabza demakim, gardun Tarab so‘zini yashil xat bila savod etadur. (147-g‘azal, 2-bayt)

chaman, sabza

Sabuh may chekib oltun piyolada, nargis Ko‘zining uyqusig‘a mujibi kushod etadur. (147-g‘azal, 5-bayt)

sabuh, may

Sarv uza gul butmadi hargiz, qani ul sho‘xkim, Sarvi ra’nodek qad uzra orazi gulfomi bor. (148-g‘azal, 3-bayt)

sarv, gul, sarvi ra’no, gulfom

Qatl qilsa, yo‘q ajab, din ahlini kofir ko‘zung, Muncha islom olibon eldin qachon islomi bor. (148-g‘azal, 7-bayt)

din, islom, kofir

Ey Navoiy, shohlarg‘a chun gadolar fikri yo‘q, Eltkil ham tengri dargohiga shay’allohlar. (149-g‘azal, 7-bayt)

tengri, shayalloh, shoh

Xatti to bosh chekti, ko‘nglin may bila xushhol etar, Husni xat istab, yuz avroqin hamono ol etar. (150-g‘azal, 1-bayt)

bosh, yuz

To savodi xattini ko‘rmish Navoiy, za’fdin Jismini kilk anda mehnat o‘qlaridin nol etar. (150-g‘azal, 7-bayt)

savod, xat

Shomi hijronim aro jismi chu nolim chirmashur, Zulfi savdosida andoqkim xayolim chirmashur. (151-g‘azal, 1-bayt)

zulf, xayol, jism

Zulfi-yu qaddini ko‘r, ey bog‘bon, ko‘p demakim, Ishqi pechonim bila ra’no niholim chirmashur. (151-g‘azal, 5-bayt)

zulf, qad; bog‘bon, pechak, ra’no niholim

Har qachonkim xotirimg‘a ul ko‘z-u qosh evrulur, Ham qoshimg‘a chin tushar, ham ko‘zuma yosh evrulur. (153-g‘azal, 1-bayt)

ko‘z, qosh

Bas ulug‘ toatdur ul but suvratin qilmoq nazar, Chun aning naqshin ko‘rub, xotirg‘a naqqosh evrulur. (153-g‘azal, 5-bayt)

suvrat, naqsh, naqqosh

Takabbur aylama, dehqon, dekim, bu gulshanda Qachon gule ochilibturkim, ul sochilmaydur. (154-g‘azal, 6-bayt)

dehqon, gulshan, gul

Ko‘yida ittilar yana jonu ko‘ngul qochib, Har qatlakim ko‘p istab alarni topildilar. (155-g‘azal, 3-bayt)

jon, ko‘ngil

O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur Husn shohi, ul balolarkim ko‘z-u qoshindadur. (156-g‘azal, 3-bayt)

ko‘z, qosh

To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk, Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur. (156-g‘azal, 7-bayt)

oy, quyosh

Ey sahobi hajr, qilma subhi umrum tiyrakim, Ul quyoshtin ayr-u tortibmen uzun tun intizor. (157-g‘azal, 5-bayt)

subh, quyosh, tun

Ul ne ra’no qomat-u ruxsori farruxfoldur Kim, havas idrokidin lol-u xirad bexoldur. (159-g‘azal, 1-bayt)

qomat, ruxsor, farruxfol,

Ro‘zg‘orim tiyralikdin yuz-u xoling hajrida, Ro‘zg‘ori xirakash ruxsori uzra xoldur. (160-g‘azal, 2-bayt)

yuz, ruxsor

Notavon jismim junun dashtidakim bo‘lmish xayol, Dema Majnun jismidinkim, ruhidin timsoldur. (160-g‘azal, 5-bayt)

jisim, ruh, xayol

Yuzi ko‘zguga, xatti yuzga ziynat berdi kim ko‘rmish Qamarg‘a subhdin ravnaq, quyoshqa shomdin zevar. (161-g‘azal, 3-bayt)

yuz, ko‘z, qosh

Vahki, men bedilg‘a ne ul nomusulmondin xabar, Ul musulmonkim xabarg‘a bordi, ne andin xabar. (162-g‘azal, 1-bayt)

nomusulmon, musulmon

Hajr agarchi jondin itti bexabar, koshi o‘lg‘amen Bexudekim, bo‘lmag‘ay jonimg‘a hijrondin xabar. (162-g‘azal, 6-bayt)

hajr, hijron

Ey Navoiy, kim so‘rar bo‘lsa meni ovorani, Dasht uza so‘rg‘ay magar g‘uli biyobondin xabar. (162-g‘azal, 9-bayt)

dasht, biyobon

Noz ila gulshang‘a chun kirding niholi qaddinga Banda bo‘lg‘on sarvinoz-u savsani ozod erur. (163-g‘azal, 3-bayt)

gulshan, nihol, sarvinoz, savsan

No‘sh etib jomi fano, qo‘ysam riyo, ayb etmakim, Dayr piridin manga, ey shayx, bu irshod erur. (163-g‘azal, 6-bayt)

pir, shayx, fano, riyo,

Ohim g‘amingda gunbadi axzarni kuydurur, Har uchquni falakda bir axtarni kuydurur. (164-g‘azal, 1-bayt)

gunbad, falak

To qomatingg‘a ne uchun o‘xshatti bog‘bon, Ohim samumi sarv-u sanovbarni kuydurur. (164-g‘azal, 3-bayt)

bog‘bon, sanovbar