
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Ne sun’ungdin ajab, yuz ming jahon bo‘lmoq yana paydo, Ne mulkungga xalal, yuz ming jahondek bo‘lsa nopaydo. (2-g‘azal, 1-bayt)
paydo – nopaydo
Azal ham sen, abad ham sen, ne avval birla oxirkim, Anga yo‘q ibtido paydo, munga yo‘q intiho paydo. (2-g‘azal, 3-bayt)
avval – oxir, ibtido – intiho
Irodang birla taqdiringdin o‘lg‘ay ikki kavn ichra, Agar bo‘lsa fano zohir vagar bo‘lsa baqo paydo. (2-g‘azal, 4-bayt)
fano – baqo
Garchi o‘ldum kofiri ishq ahli islom ichra qot, Ul zamonkim bo‘lg‘usi kofir musulmondin judo. (5-g‘azal, 6-bayt)
kofir– musulmon
Dahrkim, yor yo‘q mango anda, Bor esa dog‘i yo‘q vafo anda. (26-g‘azal, 1-bayt)
bor – yo‘q
Darddin g‘amgin ko‘ngulda xona qilmish yuz mavod, Ey qora ko‘z, daf’ig‘a bir nishi mujgondur davo. (33-g‘azal, 5-bayt)
dard – davo