Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq iboralari

Boshim chu gard-u ko‘zum ko‘r sensiz o‘lmadi bot, 

Qoshingda bosh ko‘tarib, ko‘z ocharg‘a qo‘ymas uyot. (74-g‘azal, 1-bayt)


Ko‘z ocharga qo‘ymaslik

Quloq solingki, xarobot ichra g‘avg‘odur, 

Magar azimati mayxona ayladi ul sho‘x. (111-g‘azal, 4-bayt)


Quloq solmoq

Yor vaslidin vafo ko‘z tutmasam, ayb etmakim, 

Umru davlatdin vafo tutmaydurur dono umid. (127-g‘azal, 6-bayt)


Ko‘z tutmoq

Ham oyog‘ida o‘tuk, ham boshida dastori tund, 

Oshiq o‘lturmak uchun boshtin ayog‘i bori tund (128-g‘azal ,1-bayt)


Boshdan oyoq

Ichtilar ko‘p mayu fosh aylamadi, qilg‘andek 

Meni ovorai benomu nishon ichra nufuz. (131-g‘azal, 6-bayt)


Benom-u nishon

Chiqib ishq o‘ti ko‘ksum chokidin, boshimdin oshibdur, 

Bu eskirgan yog‘ochqa o‘z ichidin o‘t tutoshibdur. (144-g‘azal, 1-bayt)


Boshdan oshmoq