
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq iboralari
Orazin ochqanda ko‘nglumni ochib gul-gul valek,
Kirpikidin onda yuz ming xor-xor etgan yigit. (81-g‘azal, 2-bayt)
Ko‘nglini ochmoq
Agar boshimga yog‘sa tosh gardundin, tong ermaskim,
Borurmen ul pariy ko‘yiga Majnunvor har soat. (86-g‘azal, 10-bayt)
Boshiga tosh yog‘dirmoq
Pariy kibi chiqibon hushu aql g‘orat etib,
Nihon o‘lub, meni devona ayladi ul sho‘x. (111-g‘azal, 2-bayt)
Aql hushini ayirmoq