
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq maqollari
Tilar Laylini Majnun, dilbarin miskin Navoiy, vah,
Kerak bulbulg‘a gul, devonag‘a yori pariypaykar. (161-g‘azal, 9-bayt)
“Bulbul gulga oshiq, gul –sanamga”
Zohid bila nafs etsa tamasxur, ne ajabkim, It sayd qilur vaqtda tulku bila o‘ynar. (166-g‘azal, 6-bayt)
“It ov qilmoqchi bo‘lganda tulki bilan o‘ynaydi”.
Mazrai dahr aro soch lutf ila ehson tuxmi, Har ne eksang, ani-o‘q chunki o‘rarsen oxir. (172-g‘azal, 6-bayt)
“Har kim ekkanini o‘radi”.
Muztarib ko‘nglum aro ul yuz xayoli aylanur, Mavjluq suda quyosh aksi nachukkim chayqanur. (175-g‘azal, 1-bayt)
“Mavjlanib turgan suvda quyosh aksi chayqalur”.
Chun ulusqa ishqi o‘t soldi, ajab yo‘q kuymakim, Beshag‘a chun tushti har yon shu’la, xas ham o‘rtanur. (175-g‘azal, 3-bayt)
“O‘rmonga o‘t ketsa ho‘l-u quruq barobar yonadi”.
Sho‘xliq rasmin anga taslim etarlar xo‘blar, Sekramakta uylakim uchqun chaqing‘a o‘tkanur. (175-g‘azal, 5-bayt)
“O‘yindan o‘t chiqdi”.