Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq maqollari

Aylay olmas orazingdin o‘zga yon ko‘nglum  havo,              Qush o‘zin mash’alg‘a chun urdi – qanotin churkanur. (175-g‘azal, 6-bayt)


“O‘t bilan o‘ynashgan yonar”, “O‘t bilan o‘ynashgan parvona o‘tda kuyadi”.

Istasangkim, surmai maqsud ila ko‘z yorug‘ay,               Surma kun, tunlarda hijron shomi tut bedor ko‘z.                (206-g‘azal, 7-bayt)


“Surmadin ko‘z yorishar”.

Gar Navoiy yorning vaslin tamanno qilsa bor,            Uylakim, bo‘lg‘ay gado ko‘nglida shoh o‘lmoq havas.            (227-g‘azal, 7-bayt)


“Gadoning ko‘nglida shoh bo‘lish havasi bo‘ladi”, “Gadoning ko‘ngli shohlikni istar”.

Men kim-u la’li umidiki, xayol ichra gado                           Shah bila mayli nishoti mayi nob aylasa bas.                             (233-g‘azal, 6-bayt)


“Gado xayolda shoh bilan may ichsa bas”, “Ko‘nglim podshohdan ortiq”, “Qulning orzusi qochmoq”

Chun itimen, itlari xayli bila xo‘y etmisham,                            Ey Navoiy, ne ajab hayvong‘a hayvon birla uns.                   (234-g‘azal, 9-bayt)


“Teng tengi bilan”.

Husn chun  jilva  qilur, oq-u  qaroda  yo‘q  farq,                   Kishiga kelsa balo – xohi xito, xohi  habash.                               (249-g‘azal, 6-bayt)


“O‘rmonga o‘t ketsa, ho‘l-u quruq barobar yonadi”.