Alisher Navoiy korpusi
"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq maqollari
Qochti ko‘ngul ashkimdin-u ohim aro tushti, Yomg‘ir suyidin qochti-yu to‘fong‘a yo‘luqti. (620-g‘azal, 3-bayt)
“Yomg‘irdan qochib do‘lga tutildi”
O‘lmak osondur, ko‘ngul uzmak biravdin sa’b erur, Ey xush ulkim, ko‘ngli bir badmehr ila o‘rgonmadi. (626-g‘azal, 6-bayt)
“O‘lmoq oson, birovdan ko‘ngil uzmoq qiyin”
Boxtarg‘a tegru xovardin yoritmoq juz quyosh, Ravshan ermas barcha gar xud bo‘lsa mohu Mushtariy. (646-g‘azal, 2-bayt)
“Kun aksi suvga tushar"