Alisher Navoiy korpusi
"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq maqollari
Orzu aylar Navoiy ko‘yung ichra orazing, Zor bulbul aylagandek bog‘-u gulzor orzu. (511-g‘azal, 11-bayt)
“Bulbul gulzorni orzu qilar”
Yuzun ko‘r, qilmag‘il mujgon-u xattu xolidin nola, Ki bo‘lmas xorsiz gul, dudsiz o‘t, dog‘siz lola. (522-g‘azal, 1-bayt)
“Gul tikonsiz, o‘t tutunsiz, lola dog‘siz bo‘lmas”,
Orazing xoli nedin qildi meni devona, Qushni sayd etmadi chun suda ko‘rungan dona. (525-g‘azal, 1-bayt)
“Suvda ko‘ringan donni qush ovlamas”
Ne istar chora dardi ishq uchun el, Chu yo‘q bechoralig‘din o‘zga chora. (529-g‘azal, 5-bayt)
“Bechora chora istar”
Sho‘xlar mujgonidin zuhdum qutulsin, vah, necha Igna birla naqb teshmak qal’ai po‘lodima. (544-g‘azal, 5-bayt)
“Igna bilan quduq qazimoq”
Yaxshilar ichra vatan tutsa Navoiy, ne tong, Kimki yomonlar bila bo‘ldi, yomon bo‘ldilo. (574-g‘azal, 7-bayt)
“Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar, yomonga yaqin yursang, balosi”