Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Tosh urarlar meni Majnung‘aki, qozmish Farhod, Ishq aro mencha qachon erdi ekin shiddat anga. (8-g‘azal, 5-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi

O‘ldi Majnun ko‘ribon dilbarini men ko‘rmay, Mencha yo‘q erdi ekin o‘lganida hasrat anga. (8-g‘azal, 6-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Ey musavvir, topmasang Layli-yu Majnun chehrasin, Dilbarimni bil munga o‘xshash, meni timsol anga. (9-g‘azal, 5-bayt)

Layli – “Layli va Majnun” dostonidagi go‘zal va latofatli mahbubaning ismi. Majnunning sevikli yori Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Hajring balosig‘a ne iloj aylagay Masih, Ranjedur ulki zahr yemakdur davo anga. (10-g‘azal, 2-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Maryam kibi ano edi tuqqonda ul Masih, Tarso emon desamki, kim erdi ato anga. (10-g‘azal, 4-bayt)

Maryam – islomiyatdan avval o‘tgan Iso Masih (a) ning onasi Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ne sud, Kim, anga irsol uchun Semurg‘ mahramdur manga?! (12-g‘azal 3-bayt)

Semurg‘ – afsonaviy qush nomi