Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Dilbar ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi, Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga. (12-g‘azal 9-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

To o‘qubmen ishq harfin, dars-u takror-u sabaq Vomiq-u Farhod-u Majnun dostonidur manga. (15-g‘azal 3-bayt)

Vomiq – Unsuriyning “Vomiq va Uzro” dostonidagi oshiq yigit Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Mehrdek gar tavsani gardunga mingilkim, sipehr Past etarda farq yo‘q xurshid ila Kayvon aro. (18-g‘azal, 7-bayt)

Kayvon – Zuhayl sayyorasi

Kirpiging tushkan ko‘ngul ichra xayoling, ey pariy, Go‘yiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro. (19-g‘azal, 5-bayt)

Yusuf – payg‘ambar,Ya’qub alayhissalomning o‘g‘li

Zamon avroqi-yu ishqim edi Farhod-u Majnundin, Falak bir-ikki fasl etti izofat dostonimg‘a. (23-g‘azal, 8-bayt)

Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Yo‘q mening, balki Xizr birla Masiho joni, Chashmai no‘sh aro jonbaxsh zulolingg‘a fido. (31-g‘azal 3-bayt)

Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar Masiho – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan