Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tanosib san`ati

Ko‘nglum o‘tin zohir etsam, barcha olam o‘rtanur, Shu’lasin gar tortsam, to‘qquz falak ham o‘rtanur. (165-g‘azal, 1-bayt)

o‘t, shu’la; olam, falak

Zulfung ochilib, orazi diljo‘ bila o‘ynar, Hind-u bachaye sho‘xdurur, su bila o‘ynar. (166-g‘azal, 1-bayt)

zulf, oraz

Tong yo‘qki, ko‘zung bo‘lsa ko‘ngul birla muloib, Majnung‘a ajab yo‘q, agar oh-u bila o‘ynar. (166-g‘azal, 4-bayt)

ko‘z, ko‘ngil

Bihisht borida do‘zax sori qilur ohang, Habib ko‘yi turub, ulki gashti bog‘ istar. (167-g‘azal, 2-bayt)

behisht, do‘zax, gashti bog‘

Saloh ko‘nglakini yirtib, oh o‘tin yorutub, Ko‘ngul firoqim aro ko‘ksum uzra dog‘ istar. (167-g‘azal, 3-bayt)

ko‘ngil, ko‘ksim

Bu naqd jannat arodur, birovki dayr ichida May ichsa, mug‘bachalar ilgidin ayog‘ istar. (167-g‘azal, 6-bayt)

ilig, ayog‘

Ne tong, agar o‘qi vayron ko‘ngulga rog‘ibdur, Qurug‘ nihol buzug‘ bog‘ aro munosibdur. (168-g‘azal, 1-bayt)

bog‘, nihol

Qoshingdag‘i girih ul yuzni ko‘rgali qo‘ymas, Jamol mulkida sulton ul-u bu hojibdur. (168-g‘azal, 3-bayt)

qosh, yuz

Ko‘ngul uyi chu sanamlardin o‘ldi butxona, Magarki, ishq bu butxona ichra rohibdur. (168-g‘azal, 4-bayt)

butxona, rohib

Ul vafosiz oldi ko‘nglumni-yu yuz ko‘rguzmadi, Istasam ani, so‘rarmen bevafolardin xabar. (169-g‘azal, 3-bayt)

vafosiz, bevafo

G‘unchadek qonlig‘ ko‘ngul gum bo‘ldi ul gul ko‘yida, Ey sabo, tut goh-gohe ul arolardin xabar. (169-g‘azal, 4-bayt)

g‘uncha, gul

Chun xabar yo‘qtur qorarg‘an ro‘zgorimdin manga, Qayda topqaymen ko‘z-u qoshi qoralardin xabar. (169-g‘azal, 5-bayt)

ko‘z, qosh

Tut Navoiy holidin gohe xabarkim, ayb emas, Gar navozish ahli tutsa benavolardin xabar. (169-g‘azal, 7-bayt)

navozish, benavolar

Shomi hijron subhidek bag‘rimni chok etti sipehr, Subhg‘a yetkuncha jonimni halok etti sipehr. (170-g‘azal, 1-bayt)

shom, subh

Ul pariy hajrinda men devona cheksam o‘tluq oh, Ey malak, gar bo‘lmasang voqif, qanoting churkanur. (171-g‘azal, 2-bayt)

pariy, malak

O‘z-o‘zumga to‘lg‘anurmen, qadd-u zulfin yod etib, Sarvg‘a gulshanda sunbul shoxi chunkim to‘lg‘anur. (171-g‘azal, 6-bayt)

sarv, gulshan, sunbul

Ko‘zda su - ko‘ngul aro o‘t, ne ko‘rarsen, oxir?! Yana ahvolin alarning ne so‘rarsen oxir?! (172-g‘azal, 1-bayt)

ko‘z, ko‘ngil

Kofiremu qatl aylar Ka’ba toqi ichra mast, Yo‘qsa ul xunrezning usruk ko‘z-u qoshimudur? (173-g‘azal, 3-bayt)

kofir, Ka’ba; ko‘z, qosh

Bog‘bonkim sarv uzra aylamish payvand gul, Sarv bo‘yluq gulruxumdur, yo‘qsa bo‘ydoshimudur? (173-g‘azal, 5-bayt)

bog‘bon, sarv, gul, gulrux

Kecha har kavkab ko‘rungach, yodima oyim kelur, Oy chu tole’ bo‘ldi — mehri olamoroyim kelur. (174-g‘azal, 1-bayt)

kavkab, oy, olamoroyim

Aylay olmas orazingdin o‘zga yon ko‘nglum havo, Qush o‘zin mash’alg‘a chun urdi — qanoti churkanur. (175-g‘azal, 6-bayt)

qush, qanot

Soqiyo, ber mayki, g‘am shomi xumori hajrdin Bir parishon tush ko‘rub, bu xasta har dam seskanur. (175-g‘azal, 7-bayt)

soqiy, may

Keltirur ko‘z bog‘idin ashkim bag‘ir pargolasin, Bo‘stondin uylakim gul yafrog‘in su keltirur. (176-g‘azal, 4-bayt)

bog‘, bo‘ston, gul, yafrog‘

O‘yg‘ay erdim ko‘zni tirnog‘ birla, bilsam erdikim, Bir nazardin boshima muncha balolar keltirur. (176-g‘azal, 6-bayt)

ko‘z, bosh

Orazing atrofida guldur ko‘rungan, ey pariy, Yo qamar davrida saf tortibdurur sayyoralar. (177-g‘azal, 2-bayt)

qamar, sayyora

Har quyun go‘yoki bir sargashta oshiq gardidur, Baski, tufrog‘ o‘ldi ishqing dashtida ovoralar. (177-g‘azal, 3-bayt)

quyun, tufrog‘, gard

Turfa ko‘rkim, furqatidin yuz malol ollimdadur, Garchi ko‘z har sari solsam, ul jamol ollimdadur. (178-g‘azal, 1-bayt)

ko‘z, jamol

Osilmamish qulog‘ingdin yuz uzra gavharlar Ki, ayrilibtur ul o‘t shu’lasidin axgarlar. (180-g‘azal, 1-bayt)

quloq, yuz; o‘t, shu’la

Bahor faslida maxmur bo‘lma, dashtqa chiq Ki, lola tutti base la’lrang sog‘arlar. (180-g‘azal, 6-bayt)

bahor, lola

Charx uza zarrin g‘azol o‘ldi shafaqdin jilvagar, Yo mening mushkin g‘azolimning hariri oli bor. (181-g‘azal, 2-bayt)

charx, shafaq

Bahri ashkim ichrakim topmas zarar ko‘z mardumi, Go‘yiyo kirpik nayistonidin aning soli bor. (181-g‘azal, 3-bayt)

ko‘z, kiprik, ashk

Garchi hind-u bo‘lsa, maskan aylagay xurshid uza, Xoldek ulkim jamolingdin humoyun foli bor. (181-g‘azal, 4-bayt)

hind-u, xol

Kofirekim, sen kebi ruxsori otashnoki bor, O‘t solurdin lashkari islom aro ne boki bor. (182-g‘azal, 1-bayt)

kofir, islom

Eyki, dersen pok husnumdek jamol ahlida yo‘q, Men kebi ishq ahlining ham qayda ishqi poki bor. (182-g‘azal, 4-bayt)

husn, jamol

Shu’laliq yuz pora ko‘nglum xayli mujgoning aro Otashin guldurki, atrofida hadsiz xori bor. (183-g‘azal, 5-bayt)

yuz, mujgon

Har quyun g‘am dashti ichra ko‘rsa Layli sog‘inur Kim, xas-u tufrog‘ aro Majnuni sargardonidur. (184-g‘azal, 5-bayt)

quyun, tufroq, dasht, sargardon

Gulzor oram-u lo‘li etar la’b to‘lg‘anib, Yo gul kebi uzorida mushkin kuloladur. (185-g‘azal, 2-bayt)

gulzor, gul

Bormu o‘yun haroratidin chehrasida ter Yo ravza gulistonida har sari joladur. (185-g‘azal, 5-bayt)

ravza, guliston

Gulshanda g‘unchadur demakim, charx chirmag‘an, Bulbul g‘izosi har sari qonlig‘ navoladur. (185-g‘azal, 6-bayt)

gulshan, g‘uncha.

Noman hajrim kabutar parlarin gar o‘rtamas, Ul qora xatlar qanoti uzra har sori nedur? (186-g‘azal, 2-bayt)

noma, kabutar, xat

Oraz-u zulfungda ko‘nglum kofiri ishq o‘lmasa, Bas, aning bir sari but, bir sari zunnori nedur? (186-g‘azal, 3-bayt)

oraz, zulf

Kom ila islomsiz o‘lmak, musulmonlar, ne tong, Mendek ulkim qotili bir kofiri xudkomdur. (187-g‘azal, 2-bayt)

islom, musulmon, kofir

Fasona har kishi ul husndin dedi, lekin Jamoli shohidi maqsudning niqobdadur. (188-g‘azal, 6-bayt)

husn, jamol

Kulbamg‘a, baski, gardun g‘am toshi yog‘durubtur, Sabrim uyidek ul ham yemrulgali turubtur. (189-g‘azal, 1-bayt)

kulba, uy

Furqat tuni emaskim, hijronda kuygan elning Kuygan kulini davroni gardunga sovurubtur. (189-g‘azal, 3-bayt)

furqat, hijron

Gardun quyoshni o‘rtabkim, yerga ko‘mdi go‘yo Kim, mehr jurmi birla bu nav’ yozg‘urubtur. (189-g‘azal, 5-bayt)

gardun, quyosh, yer

Soqiy, qadah suyidin shu’lamni past qilkim, Bu korgahda hayrat jonimni kuydurubtur. (189-g‘azal, 6-bayt)

soqiy, qadah

Sing‘on safol aro may ichsam, ne tongki, davron G‘am toshidin nishotim jomini sindurubtur. (189-g‘azal, 7-bayt)

may, jom

Bu dard ilaki o‘larmen, maraz chu zohir emas, Tabiblar bu baloga ne chora qilg‘aylar. (190-g‘azal, 4-bayt)

dard, tabib

La’li vasfin yozmisham jon safhasidin daftare, Har taraf jon rishtasi birla anga sherozadur. (191-g‘azal, 5-bayt)

sahfa, daftar

Lolagun to‘n ichra, yo rab, ul g‘azoli Chin erur Yo ko‘zumning mardumi qon yosh ila rangin erur. (192-g‘azal, 1-bayt)

ko‘z, yosh

Aylamish guldasta bandi sun’ to‘n-u jismidin, San’atekim arg‘uvon bargi aro nasrin erur. (192-g‘azal, 3-bayt)

guldasta, barg

Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to‘la tutkim, ko‘ngul Ul buti gulgun qabo bedodidin g‘amgin erur. (192-g‘azal, 6-bayt)

qadah, may, soqiy

Dema tog‘-u lola dahr ichra— ajal qaploni bil Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayog‘ rangin erur. (192-g‘azal, 8-bayt)

tog‘, lola

Shayx-u, bir bodom-u qon yutmoqki, piri dayrning Nuql ila maydin fano ahlig‘a ko‘p ehsoni bor. (193-g‘azal, 7-bayt)

shayx, pir, fano

Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmag‘ay, Bu shafaqgun hullakim sham’i shabistonimdadur. (194-g‘azal, 5-bayt)

sham, parvona

Ey Navoiy, istama jon bulbulin har guldakim, Ul to‘ni gulgun, labi gulbargi xandonimdadur. (194-g‘azal, 8-bayt)

bulbul, gul, gulgun, gulbarg

Hayot gulshani, mug‘ kulbasi-yu, mug‘bachaning Yuzi-yu qaddi manga sarv-u lola bo‘lg‘usidur. (195-g‘azal, 3-bayt)

gulshan, sarv, lola

Qachon may ichra yuzung aksi tushsa, ey soqiy, Piyola davri o‘shul oyg‘a hola bo‘lg‘usidur. (195-g‘azal, 6-bayt)

may, soqiy, piyola

Navoiy, istama kavsar mayini zuhd bila Ki, boda ichkuchi elga havola bo‘lg‘usidur. (195-g‘azal, 8-bayt)

kavsar, may, boda

Yuzi gulchehra soqiyning tarab hukmig‘a tug‘rodur, Yuzinda may guli ul yorlig‘ uzra oli tamg‘odur. (196-g‘azal, 1-bayt)

soqiy, may

Labing aksi ko‘zum sho‘robasi bahrida go‘yokim, Chuchuk sudurki, atrofida aning talx daryodur. (196-g‘azal, 5-bayt)

lab, ko‘z

Boshim qush oshiyoni, tan junun torojidin uryon, Ne tong, yoshlar yugurmak har tarafdinkim, tamoshodur. (196-g‘azal, 7-bayt)

bosh, tan

Navoiy dayr piri go‘yiyokim shahr shayxig‘a Fano jomin ichurdikim, xarobot ichra g‘avg‘odur. (196-g‘azal, 9-bayt)

pir, shayx, fano

Birovni mumkin emas tiyra aylamak qayg‘u Ki, solmish o‘lg‘ay anga jomi boda lam’asi nur. (197-g‘azal, 2-bayt)

jom, boda

Ichilsa soqiyi tavfiq ilgidin ul may, Ko‘ngul bu g‘amdin emas shubhakim, bo‘lur mahjur. (197-g‘azal, 7-bayt)

soqiy, may

Manga bu may bila bir jom keltur, ey soqiy Ki, ko‘nglum ul g‘am aro bo‘lmish asr-u ko‘p ranjur. (197-g‘azal, 8-bayt)

may, jom, soqiy

Erur Farhod-u Majnun xonumoni tog‘ ila vodiy, Xalos etmish meni ul qayddin bexonumonlig‘lar. (198-g‘azal, 3-bayt)

tog‘, vodiy

Zamona bog‘iki, gulbargidur nishotangez, Ne bargi gulki, tutashmish tikanga shu’lai tez. (199-g‘azal, 1-bayt)

bog‘, gulbarg, barg, gul, tikan

Taammul etkurubon rang-rang gullarni Ki, ochti qatlig‘a bulbulning ushbu rangomez. (199-g‘azal, 2-bayt)

gul, bulbul

Ne bargi gulki, anga shahd qildi og‘ushta, Sanamlar erni kebi qildi ani sho‘rangez. (199-g‘azal, 4-bayt)

barg, gul

Istaganlar bizni, sahroi baloda istangiz, Vodiyi hijron ila dashti anoda istangiz. (200-g‘azal, 1-bayt)

sahro, vodiy, dasht

Yuz alarning ishqicha dard-u balovu g‘ussag‘a Tolib el boshig‘a kelgan mojaroda istangiz. (200-g‘azal, 3-bayt)

dard, balo, g‘ussa

Og‘zi shavqidin Navoiy itti, ani istar el Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz. (200-g‘azal, 7-bayt)

adam dashti, fano

Ko‘rgach-o‘q ushshoq aro jonimg‘a surdi tig‘i qatl, El aro bu xor qulni qildi sultonim aziz. (201-g‘azal, 4-bayt)

o‘q, tig‘

Gar o‘lmasam edi ul oyg‘a oshno hargiz, Boshimg‘a yog‘mas edi charxdin balo hargiz. (202-g‘azal, 1-bayt)

oy, charx

Navoiy, istama ko‘p ishq aro navo, negakim Bu bog‘ bulbulig‘a yetmadi navo hargiz. (202-g‘azal, 11-bayt)

bog‘, bulbul, navo

Yorutqoy debon ko‘zni bir sa’d kavkab, Har oqshom tong otquncha bedorlarbiz. (203-g‘azal, 4-bayt)

kavkab, oqshom

Navoiy kebi ichgali ishq jomin Xarobot ko‘yida xummorlarbiz. (203-g‘azal, 7-bayt)

jom, xummor

Meni bir jom ila o‘zluk xumoridin xalos aylang, Guruhi rindlarkim, sokini dayri fanodursiz. (204-g‘azal, 6-bayt)

jom, rind

Rafiqlar boshima yig‘lashurlar, o‘ldi magar Tabib qilg‘ali bu dardima davo ojiz. (205-g‘azal, 2-bayt)

dard, tabib, davo

Nechaki tavsan-u tund ersa xalq ko‘ngli bo‘lur, Chu bo‘ldi ishq-u muhabbatqa mubtalo ojiz. (205-g‘azal, 4-bayt)

ishq, muhabbat

Jamol mulkida sen husn shohi, men munglug‘, Shah etsa rahm ne tong, chun erur gado ojiz. (205-g‘azal, 6-bayt)

jamol, husn

Istasangkim, surmai maqsud ila ko‘z yorug‘ay, Surma kun tunlarda hijron shomi tut bedor ko‘z. (206-g‘azal, 7-bayt)

surma, ko‘z

Ey Navoiy, to‘tiyoyi vaslg‘a qobil bo‘lur, G‘am yema, gar bo‘lsa hijron xoridin afgor ko‘z. (206-g‘azal, 9-bayt)

totiyo,‘ ko‘z

So‘rmang, ey ushshoq, mendin nayloli deb ishq ora, Gar qila olursiz, avvaldin ko‘ngul oldurmangiz. (207-g‘azal, 4-bayt)

ushshoq, ishq

Ul kuldin aylabon falak ohim sharorasin, Har jonibida kavkabi sayyora aylangiz. (208-g‘azal, 3-bayt)

kavkab, sayyora, falak

Charx o‘ldi zoli hiylagar — aning tariqi makr, Tajrid eli, taloqi bu makkora aylangiz. (208-g‘azal, 6-bayt)

makr, makkora

Dedimkim: dahr bog‘ida yo‘q ermish men kibi bulbul, Dedikim: bormu ermish gul uzore men kibi hargiz.(209-g‘azal,6-bayt)

bog‘, bulbul

Magarkim yor soqiy bo‘lsa, daf’ o‘lg‘ayki, yetmaydur Kishiga vasli jomidin xumore men kibi hargiz. (209-g‘azal, 7-bayt)

soqiy, jom

Mayg‘a afyun solib, ey dard-u balo soqiylari, Turfa bukim, mast bo‘ldung deb meni yozg‘urdunguz. (210-g‘azal, 5-bayt)

may, soqiy, mast

Chun vafo yo‘q dahr gulzorida, ey tong qushlari, Sahvdurkim, besamar ashjorida o‘lturdunguz.

gulzor, qushlar

To‘nungga yuz surta gar olmon, chamanda har shajar O‘xshasa qaddingg‘a, surtay barcha yafrog‘ig‘a yuz. (211-g‘azal, 2-bayt)

ghaman, yafrog‘

Ishqdin Farhod ila Majnuncha men qo‘ymoq bila Gah junun dashtig‘a gom-u gah balo tog‘ig‘a yuz. (211-g‘azal, 6-bayt)

dasht, tog‘

Ko‘z-u ko‘nglumga to bo‘ldi ayon ul zulf birlan yuz, Ko‘zumdin uyqu uchti tun, ko‘nguldin sabr ham kunduz. (212-g‘azal, 1-bayt)

yuz, zulf, ko‘z

Yugurmaktin sirishkim hajr shomi yuzda xatlardur, Tulu’ etkach yugurmak odat ermish g‘am tuni yulduz. (212-g‘azal, 2-bayt)

shom, tun, yulduz

Yangi oy botti, nargis itti, barbod o‘ldi sarv-u gul, Taololloh, ne qoshu ko‘z ekin, yo rab, ne qaddu yuz. (212-g‘azal, 4-bayt)

nargis, sarvi gul; qosh, ko‘z, yuz

Tong ermas, soyadek ollingda sarvi rost bosh qo‘ysa, Tushar chun har kishining qaddi tuzdur, soyasi ham tuz. (212-g‘azal, 5-bayt)

sarv, qad, soya

Chamanda sarv-u gulning ishvasi ko‘nglumga yoqmaydur, Fido jonim sanga, qaddingg‘a bergil jilva, yuz ko‘rguz. (212-g‘azal, 6-bayt)

chaman, sarvi gul

Qachon ravshan ko‘ngulni nafs o‘ti dudi qilur tiyra, Nubuvvat sham’ini ne nav’ o‘churgay Bulahab hargiz. (213-g‘azal, 7-bayt)

o‘t, dud, sham

Bir subh angakim tole’ o‘lur boda quyoshi, Xush baxti humoyun bila xush tolei feruz. (214-g‘azal, 6-bayt)

subh, quyosh

Ey yuzung bog‘i nasimida havoyi navro‘z, La’li tojing bo‘lub ul bog‘da bo‘ston afro‘z. (215-g‘azal, 1-bayt)

bog‘, bo‘ston

Zulf-u ruxsor ila komimg‘a meni yetkursang, Har tunung qadr o‘lubon, har kunung o‘lsun navro‘z. (215-g‘azal, 2-bayt)

zulfi, ruxsor

Do‘stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz, Boshingizg‘a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz. (216-g‘azal,1-bayt)

do‘st, mahram

Chun ko‘nguldur qalb-u til g‘ammoz, maxfiy rozni Jon harimidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz. (216-g‘azal, 4-bayt)

ko‘ngil, qalb

Bor aningdekkim kerak ul ko‘z-u qosh-u qaddu yuz, Olloh-Olloh, kim ko‘rubtur husn bu yanglig‘ to‘kuz.(219-g‘azal,1-bayt)

ko‘z, qosh, qad, yuz

Zulfung egrilik, qading tuzluktadurlar uylakim, Sunbul ermas muncha egri, sarv ermas oncha tuz. (219-g‘azal, 2-bayt)

zulf, qad

Ey mug‘anniy, chun nihon rozim bilursen – soz tuz, Tortibon munglug‘ navo sozing bila, ovoz tuz. (220-g‘azal, 1-bayt)

navo, ovoz, soz

Chun bu gulshanda nishiman qilg‘ali qo‘ymas xazon, Gul firoqi savtin, ey bulbul, qilib parvoz tuz. (220-g‘azal, 6-bayt)

gulshan, gul, bulbul

Boda bazmida nishotim tilaseng, soqiy bo‘l Ki, mayi kavsar ichib, ochila olmon sensiz. (221-g‘azal, 3-bayt)

boda, may, soqiy

Gul-u bulbuldek otim sensiz emas el tilida, Shukrkim, so‘zda dog‘i aytila olmon sensiz. (221-g‘azal, 5-bayt)

gul, bulbul

Davron guli-yu gulshani xorig‘a arzimas, Gulgun mayi baloyi xumorig‘a arzimas. (223-g‘azal, 1-bayt)

gul, gulshan, gulgun

Manqalda ud-u sandal agar aylasang o‘tun, Bir lahza dud birla sharorig‘a arzimas. (223-g‘azal, 3-bayt)

sandal, o‘tun, dud

Ofoq mulki fathi uchun tortmoq sipah Bilkim, sipoh gard-u g‘uborig‘a arzimas. (223-g‘azal, 4-bayt)

gard, g‘ubor

Kimgakim bir oraz-u ruxsor-u xattu zulfning Shavqi bo‘lsa, xotiri mayli rayohin aylamas. (225-g‘azal, 3-bayt)

oraz, ruxsor, zulf

Ey Navoiy, so‘z dekim, davronni gardundek qazo Juz bu durri kavkab oyin birla tazyin aylamas. (225-g‘azal, 7-bayt)

gardun, oy, kavkab

Soldi ko‘nglum o‘tig‘a paykonlarin hijron, ajab Kim, maning qatlimg‘a boshtin tig‘i po‘lod aylamas. (226-g‘azal, 4-bayt)

paykon, tig‘

Bevafolar rag‘mig‘a sevdim parini, ey ko‘ngul Kim, vafo izhori jinsi odamizod aylamas. (226-g‘azal, 6-bayt)

pari, odamizod

Oqibat chun ayruluqdur, ul kishi aylar g‘alat, Kim visol ichra o‘zin hijrong‘a mu’tod aylamas. (226-g‘azal, 7-bayt)

ayriliq, hijron

Gulmudur qo‘yg‘on qafas ustida, ey bulbul, sanga Yoxud afg‘oning o‘tidinmu tutashibtur qafas. (227-g‘azal, 5-bayt)

gul, bulbul, qafas

Gulshani ishq ila oliyshon erurkim, anda bor Sidra shoxi birla to‘bi bir-iki xoshok-u xas. (227-g‘azal, 7-bayt)

gulshan, shoxi, xoshok

Vafosiz anglasa o‘z umri-o‘q gumon qildik, Angaki umrida bir bevafo erur munis. (228-g‘azal, 4-bayt)

vafosiz, bevafo

Navoiy unski bulbul bila tutar, tong yo‘q, Bu benavog‘a gar ul benavo erur munis. (228-g‘azal, 7-bayt)

bulbul, benavo

Dinim boshig‘a titrar esam, tong emas, ul ko‘z Kofirmu emas, mast-u dilozormu ermas. (229-g‘azal, 4-bayt)

din, kofir

Gar dahr arusig‘a dedim berma ko‘ngul, boq: Muxtolamu purhiylamu makkormu ermas. (229-g‘azal, 6-bayt)

purhiyla, makkor

Aylagan qaddu yuzung borinda sarv-u gul havas, Dahr bo‘stonida andoq bo‘lmag‘ay bir bulhavas. (230-g‘azal, 1-bayt)

sarvi gul, bo‘ston

Nozanin qadding niholi birla ruxsoring gulin Ko‘rgali ne sarv qildim orzu, ne gul havas. (230-g‘azal, 2-bayt)

gul, nihol, sarv

Sarvinozim boshida to ko‘rdi mushkin kokilin, Sham’ aylabtur muanbar dudidin kokil havas. (230-g‘azal, 3-bayt)

sham, dud

Ko‘rdi to sarv qad-u guldek yuzungni bog‘bon, Gulshan ichra qilmadi shamshod ila sunbul havas. (230-g‘azal, 4-bayt)

sarv, gul, bog‘bon, gulshan, shamshod, sunbul

Qayda bu gulshanda uns o‘lg‘ay mangakim, istaram Orazi gul, qomati sarvi xiromondek anis. (231-g‘azal, 2-bayt)

gulshan, gul

Kofirekim naqdi dinim oldi-yu yoshurdi yuz, Topmog‘um yuz sa’y ila ul nomusulmondek anis. (231-g‘azal, 3-bayt)

din, kofir, nomusulmon

Ul pari men telba birla uns agar tutmas, ne tong, Dasht aro Majnung‘a bas g‘uli biyobondek anis. (231-g‘azal, 5-bayt)

dasht, biyobon

Qilg‘ay insoniyat ar ko‘z mardumig‘a tutsa uns, Ey Navoiy, yaxshidur insong‘a insondek anis. (231-g‘azal, 7-bayt)

insoniyat, inson

Yo‘q ko‘ngul sultoni hifzig‘akim, ul oy yo‘lida Uyqusiz ko‘zlar tong otquncha tutar har kecha pos. (232-g‘azal, 2-bayt)

oy, kecha

Kirpikimdin resh bo‘lg‘ay deb tahayyul ichra ham, Ko‘zni qilmon bargi gul yanglig‘ taboningg‘a mumos. (232-g‘azal, 5-bayt)

kirpig, ko‘z; gul, barg

O‘n quyoshcha yuzida nur-u anga to‘rt niqob, Etti garduncha jamolig‘a niqob aylasa bas. (233-g‘azal, 4-bayt)

quyosh, nur, gardun

Dahr bog‘i gullarida yo‘q vafo, ey andalib, Ziyrak ersang, tutmag‘il bu turfa bo‘ston birla uns. (234-g‘azal, 8-bayt)

bog‘, gullar, andalib, bo‘ston

Gar manga bor ersa ul dildori zebo birla uns, Ul muhiqdur, tutmasa men zori shaydo birla uns. (235-g‘azal, 1-bayt)

dildor, zebo

Ey musulmonlar, chu bir kofir asirimen, ne tong, Bor esa ko‘nglumga zunnor-u chalipo birla uns. (235-g‘azal, 6-bayt)

musulmon, kofir

Sarvi nozim kiygali sariq, qizil bo‘lmish manga Ham guli ra’no bila, ham sarvi zebo birla uns. (235-g‘azal, 7-bayt)

sarvi noz, guli ra’no, sarvi zebo

Ey Navoiy, gar desang soqiylig‘ etsun mug‘bacha, Tut kirib mug‘ dayri ichra jomi sahbo birla uns. (235-g‘azal, 9-bayt)

soqiy, mug‘bacha, jom

Vasli bog‘idin, demonkim, muddai gul termasun, Tersa tersun, urmasa bag‘rimg‘a yuz ming xor bas. (236-g‘azal, 2-bayt)

bog‘, gul

Bo‘lmasa og‘zimda may yoxud ko‘z ul guldin qizil, Ohi otashnok birla diydai xunbor bas. (236-g‘azal, 4-bayt)

og‘iz, ko‘z

Dahr bo‘stonida gulgun xona qilsang orzu, Bodai gulrang quyg‘on kulbai xammor bas. (236-g‘azal, 7-bayt)

bo‘ston, gulgun; boda, xammor

Jamoling sham’ig‘a ko‘nglum qushidek Maloyik xayli ham parvona bo‘lmas. (237-g‘azal, 2-bayt)

sham, parvona

Kerakmas may, agar xud jon bag‘ishlar, Manga soqiy agar jonona bo‘lmas. (237-g‘azal, 5-bayt)

may, soqiy

Xirad mug‘ dayri sari istamangkim, Bu yo‘lda oqil-u farzona bo‘lmas. (237-g‘azal, 6-bayt)

oqil, farzona

Navoiyg‘a buzuq, bulbulg‘a gulshan Ki, huznu aysh eli hamxona bo‘lmas. (237-g‘azal, 7-bayt)

bulbul, gulshan

Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg‘a Ayon ul zahr chashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas. (238-g‘azal, 3-bayt)

hur, pari

Qadahni yaxshi to‘la aylamaysen, ey soqiy, Xumor mehnatidin holatim yomonmu emas. (239-g‘azal, 6-bayt)

qadah, soqiy, xumor

Olam ichra manga ul huri malak siymo bas, Ul qachon bo‘lsa muyassar, qadahi sahbo bas. (240-g‘azal, 1-bayt)

hur, malak siymo

G‘animat angla ko‘z-u ko‘nglum ashk ila qonin Ki, muncha inju-yu la’l elga bahr-u kon bermas. (241-g‘azal, 5-bayt)

ko‘z, ashk; inju, la’l

Zamona qildi meni goh mast-u, gah maxmur Ki, bir zamon may agar bersa, bir zamon bermas. (241-g‘azal, 6-bayt)

may, mast

Ham etti nofai mushkung qamarni mushkdavoj, Ham etti gulshani lutfung shafaqni gulgunpo‘sh. (242-g‘azal, 4-bayt).

qamar, shafaq

Navoi hamdinga bulbul tili bo‘lub go‘yo Va lek hayrati vasfingda g‘uncha og‘zi xamush. (242-g‘azal, 6-bayt)

bulbul, g‘uncha

Orazingdin o‘zga yuz ko‘rmaktin aylab ko‘zni ko‘r, Dardi ishqing elga ayturdin tilim lol aylamish. (243-g‘azal, 2-bayt)

oraz, yuz, ko‘z

Hajr aro mast o‘l, Navoiykim, farah kasbiga ishq Mayni yoquti muzob-u la’li sayyol aylamish. (243-g‘azal, 9-bayt)

mast, may

Olam ichra ul quyosh zohir vale mendin nihon, Ey ibodat ahli, qo‘ysam, tong emas, olamg‘a bosh. (244-g‘azal, 2-bayt)

olam, quyosh

G‘am tuni sargashta boshim, ham sipehredurmudir, Anda kavkab zohir o‘lg‘on yuz uza har qatra yosh. (244-g‘azal, 4-bayt)

tun, kavkab

Xonaqah shayxi qoshinda qoldi ko‘p mubham ishim, Buyla mushkillarga piri maykada hallol emish. (245-g‘azal, 7-bayt)

shayx, pir

Soqiyo, jomi visoling no‘shidin tirguz meni Kim, xumori sog‘ari hijron ajab qattol emish. (245-g‘azal, 8-bayt)

soqiy, jom

Gar Navoiy pirlarg‘a murshid erdi, kirgali Ishq-u savdo ko‘yiga bozichai atfol emish. (245-g‘azal, 9-bayt)

pir, murshid

Sham’ uchini olmog‘ uchun, ey mahvashi farrosh, Parvona qanotlaridin et sifrai minqosh. (246-g‘azal, 1-bayt)

sham, parvona

Yo‘q-yo‘qki, yuzung sham’ig‘a parvonadur anjum, Kim, bir-bir alar shomi visolingda bo‘lar fosh. (246-g‘azal, 2-bayt)

sham, parvona

Oy sham’ig‘a minqosh munosib yangi oydur, Andog‘ki, yuzung sham’ig‘a minqoshdur ul qosh. (246-g‘azal, 3-bayt)

yuz, qosh

Ul oy agar ilgiga supurgu olur, ey charx, Xurshid shioi xatidin qilsang ani kosh. (246-g‘azal, 5-bayt)

oy, quyosh

Har tun chu falak borgahi vaz’i nigundur, Gardun ko‘zi go‘yo bu jihatdin to‘kadur yosh. (246-g‘azal, 6-bayt)

falak, gardun

Qon bo‘lib itgan ko‘ngilni ista-yu ul ravzada G‘unchalar xaylini gulbunlarda axtarmoqdir ish. (247-g‘azal, 2-bayt)

ravza, g‘uncha

Ohkim, ul sho‘x erur ham mohvash, ham shohvash, Balki ham quldur anga yuz shohvash, ming mohvash. (248-g‘azal, 1-bayt)

mohvash, shohvash

Ey quyosh, ohim ne tong olamg’a solsa rustaxez, Har damim gardung’a chunkim shu’la tortar ohvash. (248-g‘azal, 5-bayt)

quyosh, tong, olam, gardun

Bazmi vasl ichra manga tutti qadah ul mahvash, Boda xush, bazm xush — ul ikkisidin soqiy xush. (249-g‘azal, 1-bayt)

qadah, boda, soqiy

Qading niholiki bog‘i hayot tarfini tutmish, Magarki Xizr-u Masiho suy-u havosida butmish. (250-g‘azal, 1-bayt)

nihol, bog‘

Yuzungda xush ko‘runur jomi la’ling, ul yanglig‘ Ki, toza gulshan aro la’lrang sog‘ar xush. (251-g‘azal, 2-bayt)

yuz, lal

Qamarning ikki yonida Suhayl-u Zuhra kebi. Ko‘rundi iki qulog‘inda durru gavhar xush. (251-g‘azal, 3-bayt)

qamar, Suhayl, Zuhra; dur, gavhar

Ko‘zungki oraz uza yotti — xush ko‘rundiki, bor G‘azola yotmoq uchun lola bargi bistar xush. (251-g‘azal, 4-bayt)

ko‘z, oraz

Ne nav’ jinsi bashar suhbatini xush ko‘rgay, Biravga bo‘lsa parizodi hur paykar xush. (251-g‘azal, 5-bayt)

parizod, pari paykar

Yuzu engida muncha latofat bo‘lur ermish, Qosh-u ko‘zida muncha ham ofat bo‘lur ermish. (252-g‘azal, 1 -bayt)

yuz, qosh, ko‘z

Husnidin aning hur itib qochdi, pariy ham, Bir odamida muncha latofat bo‘lur ermish. (252-g‘azal, 2-bayt)

husn, latofat

Mohim yuzini chunki quyosh ko‘rdi – tutuldi, Muncha falaki elda kasofat bo‘lur ermish. (252-g‘azal, 3-bayt)

moh, quyosh, falak

Yuzi bo‘lsun yuzuma to‘sh, qaddi ham to‘sh qaddima, Lek jonparvar labi la’lini tarh et jong‘a to‘sh. (253-g‘azal, 2-bayt)

yuz, lab

Ko‘ksini ko‘ksumga to‘sh sizg‘il demonkim, tushmagay Nozanin jismi aning bag’rimdag‘i paykong‘a to‘sh. (253-g‘azal, 4-bayt)

ko‘ks, jism, bag‘ir

Aysh jomin tutmang, ey davri tarab soqiylari, Bizgakim, charx etti bizni mehnati davrong‘a to‘sh.(253-g‘azal, 8-bayt)

jom, soqiy,

Firoq ichra ajal zahrin tut, ey soqiyki, ishq andoq Achig‘ sharbatni bu qotiq marazg‘a sudmand etmish.(254-g‘azal, 2-bayt)

soqiy, sharbat

Bu ham xushturki, moni’ bo‘lg‘ay el nazzora aylarga, Bukim maydonida xoki tanim gardi samand etmish.(254-g‘azal, 5-bayt)

xok, tan

Siyosat aylaram mujgon sinoni birla mundoqkim, Ko‘zum ul yuzga gustoxona boqib bahramand etmish.(254-g‘azal, 8-bayt)

ko‘z, yuz, mujgon

Xasta ko‘nglum tilasa vasli shifosin, ne ajab, G‘ayri sihhat ne havas bo‘lg‘usi bemorg‘a ish. (255-g‘azal, 2-bayt)

shifo, sihhat, bemor

Qoni to‘lg‘an necha din ahlin asir etti ko‘zi, Bo‘ldi paydo yana ul kofiri xunxorg‘a ish.(255-g‘azal, 4-bayt)

din, kofir

O‘lturur o‘tkan-u qolg‘an boshog‘i ko‘nglumda, Ey falak, qatlim erur sobit-u sayyorg‘a ish. (255-g‘azal, 6-bayt)

falak, sayyora

Chamanda naqsh bandi nomiya ko‘p sarvu gul naqshin Chiqarmish, qaysi birni sarvi gulro‘yumg‘a o‘xshatmish. (256-g‘azal, 5-bayt)

chaman, sarvi gul

Shafaq jinsin quyosh zarrishtasidin chorqab qilmish, Shafaqgun qilg‘ali mehr ahlining ashkin sabab qilmish. (258-g‘azal, 1-bayt)

shafaq, quyosh

Sanga taqlid qilmish gulki, osib ko‘za bo‘ynidin, Tikan ustiga ani turg‘uzub gardun adab qilmish. (258-g‘azal, 2-bayt)

gul, tikan

Jamol avroqida har nukta bor ul yuzda zohirdur, Magar ul safhani davron baridin muntaxab qilmish. (258-g‘azal, 6-bayt)

avroq, sahfa

Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish, Mening jonim olib, ag‘yorg‘a oromijon ermish.(259-g‘azal, 1-bayt)

yor, oromijon

Boshog‘laringmu ekin bag‘rim ichra yo qoldi Iting chu tu’ma uchun anda mahkam ayladi tish. (260-g‘azal, 3-bayt)

boshoq, ekin

Chekar gul ollida bulbul fig‘on, magar bildi Ki, o‘tsa vasl bahori, xazoni furqat emish. (260-g‘azal, 6-bayt)

gul, bulbul, bahor

Manga bor ul sanami ra’no xush, Ko‘runur o‘zga sanamlar noxush. (261-g‘azal, 1-bayt)

sanami ra’no, sanam

Xalq noxushlig‘idin qayda g‘amim, Bor esa ul sanami zebo xush. (260-g‘azal, 3-bayt)

sanam, zebo

Yuzungga yuz qo‘yayin xat orakim, Sabzada keldi guli ra’no xush. (260-g‘azal, 4-bayt)

sabza, guli ra’no

Kecha hijronida may tortar edim, Kirdi gul gulruxi mah siymo xush. (261-g‘azal, 5-bayt)

gulruh, mah siymo

La’lingni istamonki og‘izdin chiqarg‘amen, Bir xastadekki, jonini og‘zinda asramish. (262-g‘azal, 3-bayt)

la’l, og‘iz