Bemorlig‘da jon itiga qilmisham nisor, Ko‘yi sari kelibki so‘ngakimni sudramish. (262-g‘azal, 5-bayt)
it, so‘ngak
Soqiy, ketur qadahki, chu g‘am aylamish hujum, Bu yetmayin ko‘nguldin alar barcha butramish. (262-g‘azal, 6-bayt)
soqiy, qadah
Ne xam qoshlardururkim, hasrati qaddimni yo qilmish, Ne kirpiklar o‘qikim, ro‘zgorimni qora qilmish. (263-g‘azal, 1-bayt)
qosh, kiprik
Biravkim, jannat-u do‘zax so‘zin sharx aylamish, go‘yo, Kinoyat vajhi birla vasl-u hijronni ado qilmish. (263-g‘azal, 6-bayt)
jannat, do‘zax
Latofatda yuzung ham gul emish, ham gulsiton ermish, Halovatda labing ham jon-u ham oromijon ermish. (264-g‘azal, 1-bayt)
gul, gulsiton
Iti bag‘rimni yer chog‘da ayog‘i qong‘a bulg‘andi, Ko‘zum bog‘ida gul aning tabonidin nishon ermish. (264-g‘azal, 3-bayt)
gul, bog‘
Chamanda har sari qildim guli ra’no gumon, ul xud Sarig‘ gul jomida gulgun sirishkim birla qon ermish.(264-g‘azal, 5-bayt)
chaman, guli ra’no
Ishq ko‘nglungga solib dard, ani qon etmish, Ol kisvat bila kofirni musulmon etmish. (265-g‘azal, 1-bayt)
kofir, musilmon
Garchi Hindistonda qor o‘lmas, vale oq raxtini Yoydi Hindiston kibi bu tunda nomaqdur qish. (266-g‘azal, 2-bayt)
qor, qish
Qish emish may boisi, zoti burudatdin birav Zuhd etib sovuqqa gar to‘ngsa, erur ma’zur qish. (266-g‘azal, 6-bayt)
qish, sovuq
Mulki Jam istar esang, albatta chek jomi saboh, Kechagi maydin seni subh aylasa maxmur qish. (266-g‘azal, 8-bayt)
jom, may
Ey Navoiy, do‘zax ermish gard ila issig‘ bulut, Qor-u muz birla sovug‘din bor esa mahjur qish.(266-g‘azal, 9-bayt)
bulut, qor, muz, sovuq
Tutti sarig‘ lolalar ruxsori ashkim birla rang, Dema, ey ra’noi gulruxkim, guli ra’no emish. (267-g‘azal, 2-bayt)
lola, ra’noi gulrux, guli ra’no
Dedim: islay anbarin zulfungni ol, boshim evaz, Dedikim: sen telba boshinda ajab savdo emish. (267-g‘azal, 5-bayt)
anbar, zulf, bosh
Anglamas erdim Navoiy holin ul oy ko‘yida, Har kecha to subh ishi faryod-u vovaylo emish. (267-g‘azal, 7-bayt)
oy, kecha
Javzo kunidin dog‘i ul chehra jamil ermish, Yaldo tunidin dog‘i ul zulf tavil ermish. (268-g‘azal, 1-bayt)
chehra, zulf
Har qatra ko‘ngul qoni jon berdi o‘luk tang‘a, Xosiyatini so‘rduq — la’lingg‘a qatil ermish. (268-g‘azal, 2-bayt)
o‘luk, qotil
Gulzor aro nilufar ochildi, gumon ettim Xol o‘rnida har yuzda bir nuqtai nil ermish. (268-g‘azal, 3-bayt)
culzor, nilufar
Hijron tuni daf’ o‘lg‘ach, bildimki, yuz ochibsen, Xurshid vujudig‘a tong nuri dalil ermish. (268-g‘azal, 4-bayt)
xurshid, tong, nur
Suvratingdur uyla ko‘nglum bayt-ul ehzonida naqsh, Kim, pariy timsoli shahning qasri ayvonida naqsh. (269-g‘azal, 1-bayt)
suvrat, naqsh
Anga yondoshmoq mening haddim yo‘q, ey suvrat nigor, Cheksang oning naqshini, qilma meni yonida naqsh. (269-g‘azal, 2-bayt)
suvrat, naqsh
Jismi uryonimki, ko‘p tolpindi tog‘-u dasht aro, Xor-u xorodin, tamosho ayla, har yonida naqsh. (269-g‘azal, 4-bayt)
tog‘, dasht
Zor ko‘nglum yo musavvir bo‘ldi, yo suvratparast, Har tarafkim suvratingni qildi vayronida naqsh. (269-g‘azal, 5-bayt)
musavvir, suvratparast, suvrat, naqsh
Zuhd aro yo‘q juz malolat, negakim, kilki qazo Aysh tarhin qildi jomi boda davronida naqsh.(269-g‘azal, 6-bayt)
jom, boda
Sarvi ra’no qaddidin ra’no qading cholok emish, Otashin guldin guli ruxsoring otashnok emish. (270-g‘azal, 1-bayt)
sarv, ra’no, gul; qad, ruxsor
Ulki aytur ko‘nglaking ul gul g‘amidin chok emas, Anglamaydur beg‘ami g‘ofilki, ko‘ksum chok emish. (270-g‘azal, 2-bayt)
beg‘am, g‘ofil
Bazmdin usruk chiqib to‘kti ulusning qonini, Ahli din, qochingkim, ul kofir ajab bebok emish. (270-g‘azal, 3-bayt)
din, kofir
Voiz aytur hur ummidi birla ul oy tarkin et, Ey Navoiy, ko‘rki, ul purgo‘yi beidrok emish. (270-g‘azal, 7-bayt)
hur, ko‘rk, purgo‘y
Dard-u g‘am xoslaridinmen-u o‘lmakdur ishim, Bo‘lur ermish g‘am ila dardg‘a bu nav’ xavos. (271-g‘azal, 2-bayt)
dard, g‘am
Bo‘lmayin g‘arqi fano, istamag‘il gavhari vasl, Dur topilmas, kishi to bahrda bo‘lmas g‘avvos. (271-g‘azal, 3-bayt)
gavhar, dur
Ey ko‘ngul, zohir etib ishqing o‘ti dog‘ig‘a hirs, Bulbul ul nav’ki gulshan guli yafrog‘ig‘a hirs. (272-g‘azal, 1-bayt)
bulbul, gulshan, gul, yafrog‘
Uylakim, ko‘r gado kuhli basirat tilagay, Ko‘zuma raxshing ayog‘i izi tufrog‘ig‘a hirs. (272-g‘azal, 2-bayt)
ayog‘ izi, tufroq
Bo‘ldi Farhod ila Majnuncha ko‘ngul mundoqkim, Ko‘rguzur dashti junun birla balo tog‘ig‘a hirs.(272-g‘azal, 3-bayt)
dasht, tog‘
Gar haris o‘lsam aning ko‘yi tavofig‘a ne ayb, Bo‘lur el tab’ida firdavsi jinon bog‘ig‘a hirs. (272-g‘azal, 5-bayt)
firdavs, bog‘
Chu bog‘ erur vataning, shodmon bo‘l, ey bulbul Ki, g‘amg‘adur meni bexonumon uchun taxsis. (273-g‘azal, 4-bayt)
bog‘, bulbul
Men davri ro‘zgor qoralig‘in istaram, Qatlimg‘a tong yo‘q ul ko‘zi qoshi qorog‘a hirs. (274-g‘azal, 3-bayt)
ko‘z, qosh
Ko‘rub mast aylamak lofin qo‘y, ey may Ki, bu bor ul labi maygung‘a maxsus. (275-g‘azal, 3-bayt)
may, mast
Qo‘y, ey oy, tunni yorutmog‘nikim, bor Bu ish ul husni ro‘zafzung‘a maxsus. (275-g‘azal, 4-bayt)
oy, tunni yorutmoq
Manga bemehr sensen ham, falak ham, Bu ish bor oy ila gardung‘a maxsus. (275-g‘azal, 6-bayt)
falak, oy, gardun
Navoiy, otashin gul g‘unchasidek Erur kuymak seni dilxung‘a maxsus. (275-g‘azal, 7-bayt)
gul, g‘uncha
Fard bo‘l dini-yu uqbodin, agar vasl kerak, Istagan yorni kavnayidin etsun e’roz. (276-g‘azal, 4-bayt)
vasl, yor
Do‘st yodi tirik asrar chu Navoiy ko‘nglin G‘ayr zikri bila doim nega bo‘lg‘ay hamroz. (276-g‘azal, 9-bayt)
do‘st, hamroz
Baslig‘a jon istar ul huri malaksiymo evaz, Muncha bilmaskim, emas yuz jon anga aslo evaz. (277-g‘azal, 1-bayt)
hur, malaksiymo
Jon labig‘a berdimu yetkursa basdur qatraye, La’li tekkan maydin ul sho‘xi qadah paymo evaz. (277-g‘azal, 3-bayt)
qadah, may
To‘bi-yu kavsar sanga, ey voizu bo‘lsun, manga Ul labi go‘yo bila ul qomati ra’no evaz. (277-g‘azal, 4-bayt)
labi go‘yo, qomati ra’no
Ey, quyosh vasfin demaktin, mohi ruxsoring g‘araz, Obi hayvon zikridin la’li shakarboring g‘araz. (279-g‘azal, 1-bayt)
quyosh, moh
Ul quyoshqa, ey falak, har zarrani zor etmaking, Zarrai maqsud yo‘q juz bizga ozoring g‘araz. (279-g‘azal, 6-bayt)
quyosh, falak
Istar ersang Tengrini, butlarni sindurkim, erur Ushbu yo‘lda dini-yu uqbodin istig‘for shart. (280-g‘azal, 8-bayt)
Tengri,din
Gul uza anbar yoyildi, zohir etkach yor xat, Orazi gulnor uza kim ko‘rdi anbarbor xat. (281-g‘azal, 1-bayt)
gul, anbar
Ey Navoiy, ul paridin odamilig‘ ko‘rmading, Ulki sog‘inding parini odami qilding g‘alat. (282-g‘azal, 6-bayt)
odam, pari
Yuzu la’lingdin topar har lahza ko‘nglum inbisot, Uylakim, xotirg‘a yuzlangay gul-u muldin nishot. (283-g‘azal, 1-bayt)
yuz, la’l
Orazingni oy desam yo‘q ayb, chun ko‘rguzmading, Ey quyosh, chehrangni ochkim, yaxshi aylay ehtiyot. (283-g‘azal, 2-bayt)
oy, quyosh
Xasta ko‘nglum bir labing qandidin, ey obi hayot, Topti haz, sharbat ichib netti mukarrar topsa haz. (286-g‘azal, 2-bayt)
obi hayot, sharbat
Ne ajab, ahli xirad xushdil Navoiy nazmidin, Javhari topqanda, tong yo‘q, yaxshi gavhar topsa haz. (286-g‘azal, 7-bayt)
javhar, gavhar
Yuzi-yu og‘zida asrab ko‘ngul bila jonni, Yaqinda dog‘i gumon ichra ayladi mahfuz. 287. 4(287-g‘azal, 4-bayt)
yuz, og‘iz
Dahr bo‘stonig‘a mag‘rur o‘lma ko‘p, ey bog‘bon, Oxir etkung, chun gul-u sarvi ravon birlan vido’. (289-g‘azal, 6-bayt)
bo‘ston, bog‘bon, gul, sarv
Labingda halovat bo‘lur mufrit andoq Ki, gul yafrog‘ida bo‘lur angubin jam’. (290-g‘azal, 2-bayt)
gul, yafrog‘
Yig‘ar qatl uchun elni ul kofir, ammo Duosig‘a aning bo‘lur ahli din jam’. (290-g‘azal, 3-bayt)
din, kofir
Taningcha emas, ko‘nglaking ichra qilsa Kishi hulla ichra gul-u yosmin jam’. (290-g‘azal, 5-bayt)
tan, ko‘ngil
Yuzing davrida zulf-u mashshotalar ko‘r Ki, gul xirmanida erur xo‘shachin jam’. (290-g‘azal, 6-bayt)
yuz, zulf
Ishq ermish asli ilm fano darsgohida, Ahli usul har neki der sar-basar furu’. (291-g‘azal, 4-bayt)
ilm, darsgoh
Aylar xumor shomida yuz tiyralishi daf’, Sog‘ar quyoshi qildi chu ko‘p charxidin tulu’. (291-g‘azal, 5-bayt)
shom, quyosh, charx
Ishq aro o‘zni manga o‘xshatma, ey bulbulki, bor Lahn-u ohang o‘zga nav’u oh-u faryod o‘zga nav’. (292-g‘azal, 4-bayt)
bulbul, ohang
Ul quyoshtin topti bu oqshom bizing koshona sham’, Qilmasun bu uyni dudidin qorong‘u yona sham’. (293-g‘azal, 1-bayt)
sham, dud
Yo‘l shabiston ichra topmas, har kecha kelturmasa, Ul quyosh devoni husnidin necha parvona sham’.(293-g‘azal, 3-bayt)
parvona, sham
Ey Navoiy, o‘rtagil jon-u ko‘ngul parvonasin Kim, bu aqshom orazidin ayladi jonona sham’.(293-g‘azal, 9-bayt)
parvona, sham
Gar tabassum vaqtida ko‘rsang labin, ey bog‘bon, Elga bergaysen, qilib gulbargi xandoningni jam’.(294-g‘azal, 6-bayt)
bog‘bon, gulbarg
Nechuk takrorida to subh bulbuldek navo chekmay, Yuzungkim, sabzai xatdin erur gul daftari yanglig‘. (295-g‘azal, 3-bayt)
bulbul, navo, sabza, guldaftar
Anglamas bulbul ichim paykonlarinkim, gul emas, Novakoso tez mujgonlig‘, muqavvas qoshlig‘. (296-g‘azal, 2-bayt)
bulbul, gul
Ko‘zdur ul tifl o‘rni-yu istar yugurmak ashk ila, Go‘yiyokim bor anga bois, bu ishga yoshlig‘. (296-g‘azal, 3-bayt)
ko‘z, ashk, yosh
Ishq dashtida yog‘ar ovoralar boshig‘a tosh, Bu jihatdin bo‘lmish ul sahro hamono toshlig‘. (296-g‘azal, 4-bayt)
dasht, sahro
Orazing naqshida Chin suvratgari bo‘ldi zabun, Chin budurkim, kilki sun’ etmish ani naqqoshlig‘. (296-g‘azal, 5-bayt)
suvrat, naqqosh
Xas kibi bo‘lsa Navoiyg‘a sarig‘ yuz, kulma, Ko‘rguzur gulni dog‘i bog‘da gulzor sarig‘. (297-g‘azal, 7-bayt)
gul, bog‘, gulzor
Qaddu og‘zing hajrida gulshang‘a mayl etmonki, yo‘q Sarv dilkash jilvalig‘ yo g‘uncha shakkarxandalig‘. (298-g‘azal, 4-bayt)
gulshan, sarv, g`uncha
Ne farishta poklikda husnunga keldi shabih, Ne pariyg‘a odamilig‘da sanga monandalig‘. (298-g‘azal, 5-bayt)
farishta, pariy
Ishq ko‘yining gadoyimenkim, anda tengdurur Shoh esa zarbaftlig‘ yo soyil o‘lsa jandalig‘. (298-g‘azal, 6-bayt)
shoh, zarbof
Biravni rindi xarobot anglakim, bo‘lg‘ay Bir ilgida kadu-yu birda jom men yanglig‘. (299-g‘azal, 2-bayt)
rind, jom
Banaqdi jannat aro no‘sh etar mayi kavsar, Angaki, maykada bo‘lmish maqom men yanglig‘. (299-g‘azal, 4-bayt)
jannat, kavsar
Abiri jannat isin aylamas pisand ulkim, Muattar aylasa maydin mashom men yanglig‘. (299-g‘azal, 6-bayt)
is, muattar
Sho‘xi charog‘chi yoqibon husnidin charog‘, Mash’al fatilasi bila ko‘ksumga qo‘ydi dog‘. (300-g‘azal, 1-bayt)
charog‘chi, charog‘, mash’al
Mash’alni kosh tutmasa, o‘tluq yuzi yetar, Gar sayr etarga qo‘ysa shabiston sari ayog‘. (300-g‘azal, 5-bayt)
mahs’al, o‘tluq
Ne tong, ko‘zinki sham’i hidoyat yorutmasa, Xabt o‘lg‘an elga mash’ala dudi bila dimog‘. (300-g‘azal, 6-bayt)
sham, mash’ala, dudi
Ushshoq bazmi mash’ali bas oh shu’lasi, G‘am shomi qilma mash’alachi har sari so‘rog‘. (300-g‘azal,7-bayt)
mash’ala, shu’la, mash’ala
Ko‘nglumdurur fatila emas mash’al ichrakim, Ul sho‘x o‘t solib, quyar oning o‘tig‘a yog‘.(300-g‘azal, 3-bayt)
mash’al, o‘t
Bo‘ldi quruq yog‘och kibi jism-u boshimda o‘t, To bo‘lg‘ay anga mash’alaning xarjidin farog‘. (300-g‘azal, 4-bayt)
o‘t, mash’ala
Ne tong, ko‘zinki sham’i hidoyat yorutmasa, Xabt o‘lg‘an elga mash’ala dudi bila dimog‘. (300-g‘azal, 6-bayt)
sham’, mash’ala, dudi
Ushshoq bazmi mash’ali bas oh shu’lasi, G‘am shomi qilma mash’alachi har sari so‘rog‘ (300-g‘azal, 7-bayt)
mash’al, shu’la, mash’alachi
Ko‘zungki, kufr ila yuz ding‘a soldi vayronlig‘, Xudoy uchun tiy ani — yo‘qmudur musulmonlig‘. (301-g‘azal, 1-bayt)
din, Xudoy, musulmonlig‘
Ne hukm aylar esang, ayla husn mulkidakim, Sanga musallam erur xo‘blarg‘a sultonlig‘. (301-g‘azal, 5-bayt)
hukm, sultonlig‘
Ey labing xosiyati chashmai hayvon yanglig‘, Quyi-yu yuqorig‘a xoli bila jon yanglig‘. (302-g‘azal, 1-bayt)
lab, xoli
Ayog‘imning qalami za’fdin andoqki qalam, Qotaqolg‘an teri davrida qalamdon yanglig‘. (302-g‘azal, 2-bayt)
qalam, qalamdon
Gar sochsa ul xalifa so‘zidin duri samin, Dur har necha samin esa, beqadur dur sadaf. 303-g‘azal, 5-bayt)
duri samin, sadaf
Soqiy, xarobi jomi xaroboti ishqmen, Tutqil qadah, mug‘anniy etib soz changu daf. (303-g‘azal, 7-bayt)
soqiy, jom, qadah
Hajr shomidur maxufu qotil, ey mahvash, ne tong, Uyla muhlik tiyra tunda aylasam izhor xavf. (304-g‘azal, 4-bayt)
shom, tong, tun
Oy, kun – ato birla ano, farzand sen bo‘lsang ne tong Kim sen samindursen, valek ul ikki andoqkim sadaf. (307-g‘azal, 2-bayt)
ato, ano, farzand
Ko‘yiga pinhon borib, zaxmim ne yanglig‘ yoshuray Kim, qayon borsam yarolardin borur qon har taraf. (308-g‘azal, 3-bayt)
zaxm, yaralar, qon
Dayr ichinda netti tirguzsang meni, ey mug‘bacha, Jomi davringdin tomar chun obi hayvon har taraf (308-g‘azal, 8-bayt)
dayr, mug‘bacha, Jom
Istasang besh kun farog‘at, garchi kobin umr erur, Dahr zolin to‘rt mazhab birla qilg‘il uch taloq. (309-g‘azal, 6-bayt)
besh, to‘rt, uch
Necha laylivashroq ul oy jilva ko‘rguzdi manga, Ko‘rdi men shaydoni ham ishqida majnunvorroq (311-g‘azal, 7-bayt)
laylivashroq, majnunvorroq, shaydo
Ul dardi yordin kam o‘lur, menda yor yo‘q, Ko‘nglumda yuz tuman g‘am-u bir g‘amgusor yo‘q. (312-g‘azal, 1-bayt)
dard, g‘am
O‘qlaringdinkim ko‘zum ham ravshan o‘lmish, ham ochuq, Mash’aledurkim, bo‘lubtur kavlamoq birla yoruq (313-g‘azal, 1-bayt)
ravshan, ochuq, yoruq
Da’voi mehrimga mendin ikki tonuq istama, Xalqdin chun yoshurubmen, yo‘q manga juz bir tonuq. ( 313-g‘azal, 4-bayt)
ikki, bir
Garmrav ashku sovug‘ oh ettilar ojiz meni, Vahki, ishqingdin yuzumga keldi ko‘p issiq-sovuq. (313-g‘azal, 5-bayt)
ashk, oh
Meni aylapturur bir qotili paymonshikan oshiq Ki, tig‘i zulmidin o‘lmish meningdek yuz tuman oshiq (315-g‘azal, 1-bayt)
bir, yuz
Agar yo‘q odamiliq menda-yu yorimda, tong ermas Ki, majnunda kishilik yo parida bo‘lmas insonliq. (316-g‘azal, 7-bayt)
odamiliq, insonliq
Jahon bazmida mehmonsen, iki-uch sog‘ar ichkach, ko‘p Ki, munjar bo‘lmag‘ay nogah malolatqa bu mehmonliq. (316-g‘azal, 8-bayt)
iki, uch
Kel, ey soqiy, meni bir jom ila qil loyaqil Ki, dahr ichra erur g‘ofil tirilmak mahzi nodonliq. (316-g‘azal, 10-bayt)
soqiy, jom
Navoy, chunki mug‘ dayrida tutti mug‘bacha sog‘ar, Ichib may, kofiri ishq o‘lmasang, ko‘rgung pushaymonliq (316-g‘azal, 11-bayt)
mug‘ dayri, mug‘bacha, sog‘ar, may
Bog‘ ichra sanga sochti gul oq-u qizil yafroq, Shah boshig‘a andoqkim el oq-u qizil yormoq (317-g‘azal, 1-bayt)
oq, qizil; bog‘, gul, yafroq
Ko‘rgach ani hayratdin ilgimniki tishlabmen, Barmoqqa botibtur, tilni kesibon tirnoq (317-g‘azal, 4-bayt)
ilgi, barmoq, tish, til, tirnoq
May ichsang o‘lmag‘il oqsumki, piri dayr dedi Ki, bu ish o‘ldi bizing dayr aro kamina yozuq. (318-g‘azal, 8-bayt)
may, piri dayr
Xush ulki, bazmda oylar teparda arg‘ushtak, Shah anda tambura cholib, Navoiy desa qo‘shuq. (318-g‘azal, 9-bayt)
bazm, tambura,qo‘shuq
Solsa partav tom uza chiqqanda ruxsori ochuq, Bir quyoshdur, tushsa har uy ichra tunglukdin yoruq. (319-g‘azal, 1-bayt)
partav, quyosh, yoruq
Lablaringkim uchuq tutmish hamul hay’at bila, Og‘zing andoq g‘unchadurkim, tushmamish andin qobuq. (319-g‘azal, 4-bayt)
lab, og‘zi
Soqiyo, may tutqali qo‘pmoq base taklif erur, Qo‘y takallufni-yu qo‘p, lekin manga o‘ltur yovuq. (319-g‘azal, 8-bayt)
soqiyo, may
To g‘amdadur Navoiy, anga dahr tiyradur, Shod anglamas ulusni, birav bo‘lsa qayg‘uluq. (320-g‘azal, 7-bayt)
g‘am, qayg‘uluq
Parda yopqach yuzga, tutti qon yoshim ofoqni, Mehr-u yoqqanda, ufuq sari yoyilg‘andek shafaq. (321-g‘azal, 2-bayt)
mehr, ufuq, shafaq
Go‘yiyo xurshid har sori yugurtur kavkabe, Chunki sur’at vaqti ul yuzdin tomar har yon araq. (321-g‘azal, 3-bayt)
xurshid, kavkabe
Boda vasfin dars agar der ersa piri mayfurush, Jomi xatti davridin olmoq munosibdur sabaq. (321-g‘azal, 8-bayt)
boda, mayfurush, Jom
Gadovu xirqada kuymak nachukki parvona, Yo‘q ulki, hullaaro shohid uylakim ko‘palak. (322-g‘azal, 7-bayt)
parvona, ko‘palak
Anga bu dayri fano ichra tutti mug‘bacha may Ki, tishni bag‘rig‘a berkitmakini qildi gazak. (322-g‘azal, 8-bayt)
mug‘bacha, may
Bu kecha ohim erur davronni barham urg‘udek, Charx gulzoridin anjum gullarin sovurg‘udek. (323-g‘azal, 1-bayt)
gulzor, gullar
Quvonurmen iting eski safoli ichra may ichsam Ki, Jam qilg‘an emastur jomi birla ul tana’umdek. (324-g‘azal, 3-bayt)
may, jom
Ajal hajringda jonim oldi shafqat aylabon zohir, Kishi rahm ahlidin ko‘rmaydur erkin bu tarahhumdek (324-g‘azal, 7-bayt)
shafqat, rahm, tarahhum
May ichra chunki soqiy aksi muhlikdur, bu sog‘arni Kishi kim ichsa, ummidi hayotidin ko‘zin yumdek. (324-g‘azal, 8-bayt)
may, soqiy, sog‘ar
Jon qushi o‘rtanmasun deb yopma o‘tluq chehrakim, Sham’ o‘tin ko‘rgach kuyardin aylamas parvona bok (325-g‘azal, 3-bayt)
sham’, parvona
Tig‘i zaxmin bog‘lasa ahbob, g‘am yo‘q, ey ko‘ngul, Bir eshik bog‘lansa ishq ichra, ochilg‘ay yuz eshik. (326-g‘azal, 4-bayt)
bir, yuz
Uchqil, ey bulbul, bu gulshandin, nedin kim har necha Gul vafoda kund erur, javr ichradur xori itik. (326-g‘azal, 6-bayt)
bulbul, gulshan, gul
Surtkandek ko‘zini sarpanjasi naqshig‘a yuz, Ko‘z yorutsam ilgidin, panjamda bo‘lsa ul bilak. (327-g‘azal, 5-bayt)
ilgi, bilak
Qoshi mehrobida vaslin istab aylar men duo, Ey Navoiy, tong yo‘q, andoq qiblada mundoq tilak. (327-g‘azal, 7-bayt)
mehrob, qibla
Bir yaqoni qo‘ymading qilmay etakka tegr-u chok, Raxsh to surdung yoqongni sindurub, sanchib etak. (329-g‘azal, 2-bayt)
yaqo, etak
Gul bila nomardum el andoqki uzgay g‘unchani, Eb iting yuz pora bag‘rimni, tama’ qildi yurak. (329-g‘azal, 4-bayt)
gul, g‘uncha
Hajr shomi dard-u g‘amni boshima yog‘durg‘ali Bo‘ldi anjum birla charxi chambari go‘yo elak. (329-g‘azal, 6-bayt)
hajr, dard, g‘am
Meniki mug‘bacha dayr ichra aylagay usruk, Ne tong, ko‘zumga quyosh bo‘lsa zarradin o‘ksuk. (331-g‘azal, 1-bayt)
mug‘bacha, dayr
Gulshan ichra yo‘qtur oromim – diloromim kerak, Sarv-u gulni naylayin, sarvi gulandomim kerak. (332-g‘azal, 1-bayt)
gulshan, sarv, gul
Gul bila savsan kerakmastur manga, ey bog‘bon, Zulfi sunbul atrliq ruxsori gulfomim kerak. (332-g‘azal, 5-bayt)
gul, savsan, sunbul, bog‘bon
Nechakim bo‘lsun chuchuk shirintakallumlar so‘zi, Lekin ermas ul kalomi shakkarafshondin chuchuk (333-g‘azal, 2-bayt)
chuchuk, shirin
Soqiyo, jomimda ezgil zahrkim, har necha ul Bo‘lsa achchig‘, bo‘lg‘usi dur zahri hijrondin chuchuk (333-g‘azal, 6-bayt)
soqiyo, jom
Buyla mavsumda kerak tur aysh bazmin tuzgali Ham zumurradrang yer, ham bodai yoqutrang. (335-g‘azal, 6-bayt)
zumurrad, yoqut
Ham yigitlik, ham bahor ayyomini tut mug‘tanam, Bodav-u soqiy uchun qilmaqqa tarki nom-u tang. (335-g‘azal, 8-bayt)
boda, soqiy
Aylasa mug‘bacha dayr ichra meni masti malang, Ushatay sog‘ari nomus bila shishai nang. (336-g‘azal, 1-bayt)
mug‘bacha, dayr, sog‘ari
Maykada ahlig‘a yuz toq-u tarab, ey soqiy, Xonaqahda bo‘la olg‘aymu Navoiyg‘a darang. (336-g‘azal, 7-bayt)
maykada, soqiy
Mujda dayr ahliki, soqiy aksi ermish jilvagar, Har kishi bersa safo ko‘ngliga sog‘ar ko‘nglidek. (337-g‘azal, 6-bayt)
dayr ahli, soqiy, sog‘ar
Yuz-u zulfi yodidin majlis tuzarman, ey rafiq, Bog‘din gullar terib, har yon shabistonimg‘a o‘q (338-g‘azal, 5-bayt)
bog‘, gullar; yuz, zulf
Xo‘blar xatlaridin tiyradurur chehralari, Sen sen ul gulki, yuzung gulshanida yo‘q tikaning. (340-bayt, 3-bayt)
gul, gulshan, tikan
Bu gulshan gullariningchun vafosin o‘qtur, ey bulbul, Ne ochilg‘ay tutaykim, sen fig‘oning ko‘ktin oshurdung. (344-g‘azal, 8-bayt)
gulshan, gul, bulbul
Agar xurshidi raxshon orzu qilsam - guli ro‘yung, Va gar to‘bi-yu rizvon mayl etsam sarvi ozoding. (345-g‘azal, 3-bayt)
gul, to‘bi, sarv
Ulusni tirgizur qatl aylamaktin obi hayvoning Valekin o‘lturur qatl aylamastin bizni jalloding. (345-g‘azal, 5-bayt)
qatl, jallod
Sarvdin zohir yo‘q erdi juz niyoz, ey sarvinoz, To xiromon jilva birla azmi gulshan aylading. (348-g‘azal, 2-bayt)
sarv, gulshan
Chun qadah berding labi xandon bila, ey mug‘bacha, Jonga la’li otashinni shu’laafkan aylading. (348-g‘azal, 6-bayt)
qadah, mug‘bacha
Sadqa vojib bo‘lsa, ey ko‘z-u ko‘ngul, aylang nisor, Dur bila la’l ollig‘a bu bahr-u konimdin mening (349-g‘azal, 3-bayt)
dur, la’l
Bu dayr aro birav osudadurki, mug‘bachadin Ne kelsa, shukr etar, ammo shikoyati yo‘q aning. (350-g‘azal, 6-bayt)
dayr, mug‘bacha
Gul yuzungdin ayr-u bog‘edur ko‘ngulkim, ochilur Hajr o‘ti uchqunlaridin otashin vardi aning. (351-g‘azal, 3-bayt)
gul, bog‘
Sotma, ey gul, noz ko‘p, boqqil xazon bog‘ig‘akim, Bor emish gulrang bir kun chehrai zardi aning. (351-g‘azal, 6-bayt)
gul, bog‘
Yuzung oq, ey g‘amki, ashkim rangini ol aylading, Jon fidong, ey dardkim, jismimni pomol aylading. (353-g‘azal, 1-bayt)
g‘am, dard
Orazing guldur, gul uzra sunbuli tar kokulung, Olloh-Olloh, gul yuzin qilmish muanbar kokulung. (355-g‘azal, 1-bayt)
gul, sunbul, muanbar
Dema, ey ko‘zkim, ne qildim, gar seni ko‘ristasam, Bir boqib, yuz ming balog‘a mubtalomu qilmading. (356-g‘azal, 4-bayt)
bir, yuz ming
Jahon g‘amin chu olur, ber qadahni, ey soqiy, Olurmen, ikki jahon mulkiga baho qilsang. (357-g‘azal, 5-bayt)
qadah, soqiy
Dilraboliq birla chun yoqting jamoling shu’lasin, Xasta ko‘nglum olg‘ach-o‘q, ey dilsitonim, o‘rtading. (358-g‘azal, 3-bayt)
yoqting, o‘rtading
O‘tqa solding sabr-u aql-u jon-u ko‘nglum barchasin, Yo‘q-u borim kuydurub, yaxshi-yomonim o‘rtading. (358-g‘azal, 5-bayt)
o‘tqa solding, kuydurub, o‘rtading
Sog‘aring jon-u jahondin ortug‘ ermish, soqiyo, Lekin ul o‘t birla-o‘q jon-u jahonim o‘rtading. (358-g‘azal, 6-bayt)
sog‘ar, soqiyo
Sabr xaylin ko‘nglum o‘z girdinda qo‘ymas, go‘yiyo Kirpiku qoshing xayoli o‘q-u yosidur aning. (359-g‘azal, 5-bayt) Kirpiku qoshing xayoli o‘q-u yosidur aning. (359-g‘azal, 5-bayt)
kirpik, qosh; o‘q, yosi
Dahr bo‘stonida bu kim chok erur gul ko‘nglaki, Bulbul ahvolig‘a go‘yo kim azosidur aning. (359-g‘azal, 6-bayt)
bo‘ston,gul, bulbul
Mumkin ermas ul pariy majnunig‘a hush, ey hakim Kim, junun xatti durur bo‘ynida tumori aning. (360-g‘azal, 5-bayt)
majnun, junun
Tashnamen, soqiy, shafaqgun may to‘la tut sog‘are Kim, falakni nuqta qilg‘ay davr pargori aning. (360-g‘azal, 7-bayt)
soqiy, may, sog‘ar
To quyub og‘zimg‘a andoq sipqaray ul maynikim, Qolmasun ul nav’ sog‘ar ichra osori aning. (360-g‘azal, 8-bayt)
may, sog‘ar
Ohimni sarsar aylabon, ashkimni to‘fon aylading, Bu sarsar-u to‘fon bila olamni vayron aylading. (361-g‘azal, 1-bayt)
sarsar, ashk
Bir dam yuzin ko‘rgan zamon mahrum etarga vaslidin, Ey yig‘lamoq, zo‘r aylabon, ey ashk, tug‘yon aylading. (361-g‘azal, 2-bayt)
yig‘lamoq, ashk
Aql vasvosi xarob etmish meni hujjat bila, Soqiyo, bir aysh jomi tut mangav-u ani yeng. (362-g‘azal, 6-bayt)
soqiyo, jom
Soqiyo, qo‘ydum ayog‘ingg‘a sirishkim la’lini, Lutf etib, bu mayg‘a jomi hajr podosh etmagil. (365-g‘azal, 3-bayt)
soqiyo, ayog‘, may, jom
Gar desang qadding bo‘lub xam, qolmag‘aysan fitnag‘a, Ko‘z solib husnig‘a, mayli ul ko‘z-u qosh etmagil. (365-g‘azal, 5-bayt)
ko‘z, qosh
Ne atov-u ne o‘g‘ul, sen shah yigit, men qora qul, Hecha to ko‘rmaydur erkin sen kibi badmehr o‘g‘ul. (368-g‘azal, 1-bayt)
ato, o‘g‘ul, yigit
Ro‘zgorim hajr dashtida qorarg‘an, ayb emas Kim, aning mushkin nasimi dud erur, tufrog‘i kul. (368-g‘azal, 3-bayt)
qorarg‘an, dud, kul
Noladin ishqki ko‘nglumni yitib, yetti firoq, Emdi, ey telba, fig‘on chekkil-u faryod etgil. (369-g‘azal, 4-bayt)
firoq, fig‘on, faryod
Bazmdin surding-u ketmakka erur moni’ za’f, Soqiyo, bir-ikki sog‘ar bila imdod etgil. (369-g‘azal, 5-bayt)
soqiyo, sog‘ar
Ey Navoiy, tilasang ishqda emganmagasen, O‘zni hijron g‘ami-yu dardi bila mu’tod etgil. (369-g‘azal, 7-bayt)
hijron, g‘am, dard
Dayr jannat, huri ayndur xo‘bluqtin mug‘bacha, May zuloli birla kup aynan tusammo Salsabil. (371-g‘azal, 6-bayt)
dayr, mug‘bacha, may
Gar yuzung istab Navoiy ko‘zlaringga xordur, Ne ajab, din ahli kuffor ollida bo‘lmoq zalil. (371-g‘azal, 7-bayt)
yuz, ko‘z
Hajring kunin bir yilchavu har soatin bir oycha bil, Hayrat mahalli bo‘lmag‘ay o‘n ikki oy gar bo‘lsa yil. (372-g‘azal, 1-bayt)
kun, yil, soat, oy
Ul ishvagar chun ochti yuz — ko‘zga nazar yo‘q, tilga so‘z Kim, ashkdin bog‘landi ko‘z, hayratdin ul yanglig‘ki til. (372-g‘azal, 2-bayt)
yuz, ko‘z, til
To chiqmas ul gulbog‘din, bo‘lmish bu dard-u dog‘din, Dardim og‘irroq tog‘din, xoshokdin jismim yengil. (372-g‘azal, 4-bayt)
gul, bog‘, tog‘
Ey husn aro sohib g‘ino, xurshid otangdur, oy-ano, Istar ersang nisbat yana, ham sarv og‘o, ham gul singil. (372-g‘azal, 5-bayt)
ota, ano, og‘o, singil
Ul guli ra’nog‘a nomam xo‘b emas yakson qizil, Safhasi bo‘lsa kerak bir yon sarig‘, bir yon qizil. (373-g‘azal, 1-bayt)
qizil, sarig‘
Sarvga gulnor bargidin libos etkan kibi, Chekti gulgun hulla naxli qaddig‘a jonon qizil. (373-g‘azal, 3-bayt)
sarv, gulnor bargi
Orimas ashkim bila ko‘zning qizarg‘an ranglari, Bahr mavjidin oqarg‘udek emas marjon qizil. (373-g‘azal, 5-bayt)
qizarg‘an, oqarg‘udek, qizil
Qon yoshim serob qildi bog‘ni, mundin nari Anda tong ermas ko‘karmak sabzav-u rayhon qizil. (373-g‘azal, 6-bayt)
bog‘, sabzav-u rayhon
Ey Navoiy, navha ohangida ko‘p qilding fig‘on, Emdi majlis mutribi bu nag‘mani cholg‘ancha qil. (375-g‘azal, 7-bayt)
ohangi, mutrib, nag‘ma
Aql-u hush-u xirad-u jonni aning yo‘lida qo‘ydum Topmadim vasl muhayyo qilibon muncha vasoyil. (376-g‘azal, 6-bayt)
aql, hush, xirad
Chunki ushshoq uni yoqmas emish ul gul qulog‘ig‘a, Ey Navoiy, necha bulbul kibi bu na’rai hoyil. (376-g‘azal, 7-bayt)
gul, bulbul
Ey Navoiy, xonaqah shayxi ko‘p etkay zarq-u makr, Yo‘qluq asbobini mug‘ dayridin oson chekmagil. (377-g‘azal, 7-bayt)
xonaqah, shayx
Bu bog‘ gullari chun bevafodur, ey bulbul, Xush ul qusheki, taalluqdin o‘ldi forig‘bol. (378-g‘azal, 6-bayt)
bog‘, gullar, bulbul
Meni majnun dedi laylivashim, voy Ki, bu devonani sog‘indi oqil. (379-g‘azal, 4-bayt)
majnun, devona
Nomai hajri marosafhaitaqvim kebi Ashk qoni bila har sari chekilmish jadval. (380-g‘azal, 3-bayt)
noma, safha, jadval
Barqi tig‘ingki vujudum xasini kuydurdi, Dudidin tiyra gar o‘lsa, kulidin ber sayqal. (380-g‘azal, 4-bayt)
kuydurdi, dud, kul
Ishqdin ko‘p gila nazm etti Navoiy, bilmon, Naylagay, turfa g‘azolig‘a yetushsa bu g‘azal. (380-g‘azal, 7-bayt)
nazm, g‘azal
Go‘yo lab-u xattingni tarh etkanda naqqoshi azal, Shingarf-u zangor o‘rnig‘a la’l-u zumurrad qildi hal. (381-g‘azal, 1-bayt)
lab, xat
Go‘yo lab-u xattingni tarh etkan-da naqqoshi azal, Shingarfuzangor o‘rnig‘a la’lu zumurrad qildi hal (381-g‘azal, 1-bayt)
shingarf, zangor
Yuz yilg‘a umr o‘lsun qarin bir dam ko‘rar ahli yaqin, Bas nedur, ey xilvatnishin, muncha sanga tuli amal. (381-g‘azal, 6-bayt)
yuz, bir
Vasl-u zamoni bul-ajab, soqiy, qadah tut lab-balab, Mutrib, tuzat savt-u tarab, o‘tkar, Navoiy, bir g‘azal. (381-g‘azal, 7-bayt)
soqiy,qadah
G‘am tuni za’f ettim andoqkim sahar ul ko‘ydin Subh anfosi uchurg‘udek tanim bo‘lmish yengil. (382-g‘azal, 4-bayt)
sahar, subh