
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Dedim: ishqni oshkor etmay, ammo Yoshurdum men, etti qazo oshkoro. (35-g‘azal, 3-bayt)
yoshurdum – oshkoro
Jununim bu bo‘lsa, g‘amim bo‘lg‘usidur Nechakim yoshursam yano oshkoro. (35-g‘azal, 5-bayt)
yoshursam – oshkoro
Yuzung ko‘rguz manga andin burunkim, Xazondin yetkay ul bo‘stong‘a yag‘mo. (37-g‘azal, 6-bayt)
xazon – bo‘ston
Agarchi aylamasang yaxshi, yaxshi ko‘rguzgil Meni anga nechakim bor esam yomon, yo rab. (47-g‘azal, 6-bayt)
yaxshi – yomon
Tut yigitlikni g‘animatkim, qarig‘ach angladim, Kim yigitlar ishqi bor ermish, yigitlik chog‘i xo‘b. (48-g‘azal, 6-bayt)
yigitlik – qarilik
Navoiy, yigitlikni qo‘y, chun qariding, Qilib tavba, bo‘l zuhd-u taqvog‘a tolib. (50-g‘azal, 7-bayt)
yigitlik – qari