
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Vafoni qildi ko‘p ozurda ul oy, chun jafo aylab, Adam dashtida ko‘nglumni vatan qilmish, jafo aylab. (59-g‘azal, 1-bayt)
vafo – jafo
Vafo andoqki qochti ul jafogardin, agar men ham Qocha olsam, yana ishqin havas qilmay, xato aylab. (59-g‘azal, 2-bayt)
vafo – jafo
Demon davron aro yo‘qtur vafo aylab vafo ko‘rgan, Ki yo‘qtur ming jafo tortib, qutulg‘an, bir vafo aylab. (59-g‘azal, 3-bayt)
vafo – jafo
Yiqilg‘an ishq aro, sihhat tama’ qilma Masihodin, Ki bu bemorlig‘din kimsa qo‘pqon yo‘q, davo aylab. (59-g‘azal, 4-bayt)
sihhat – bemorlig‘
Gadolarg‘a gahe lutf et, shaho, bu shukr uchunkim, Haq Seni lutf aylabon shoh ayladi, bizni gado aylab. (59-g‘azal, 10-bayt)
gado – shoh
Navoiy, kimsa yo‘qkim, charx zulmidin zabun ermas, Navo jovid kimga berdi, bizni benavo aylab. (59-g‘azal, 11-bayt)
navo – benavo