Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Bizga yetmas erdi bir nomehribon dard-u g‘ami, Kim fuzun ham bo‘ldi yori mehribonning motami. (636-g‘azal, 1-bayt)

mehribon – nomehribon

Bizga yetmas erdi bir nomehribon dard-u g‘ami, Kim fuzun ham bo‘ldi yori mehribonning motami. (636-g‘azal, 1-bayt)

mehribon – nomehribon

Ikki yor erdi manga – nomehribon-u mehribon, Mehribon bordi, qolib nomehribon dard-u g‘ami. (636-g‘azal, 2-bayt)

mehribon – nomehribon

Bordi ulkim bor edi ham mahram-u ham mehribon, Jon berib bo‘lmon bu bir nomehribonning mahrami. (636-g‘azal, 3-bayt)

mehribon – nomehribon

Har jarohatkim urar nomehribonim bag‘rima, Mehribonim bu jarohatlarning erdi marhami. (636-g‘azal, 4-bayt)

mehribon – nomehribon

Vahki, ming zaxm ursa jonga emdi bu nomehribon, Yo‘q ilojig‘a ko‘ngulning mehribon-u hamdami. (636-g‘azal, 5-bayt)

mehribon – nomehribon