
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Xush ulki, qatlg‘a ushshoq aro yomonlardin Ul oy meni sog‘inib dedikim, falon yaxshi. (581-g‘azal, 2-bayt)
yaxshi – yomon
Agarchi qilmadi bemehr yor javri yomon, Chu yaxshi boqsang, erur yori mehribon yaxshi. (581-g‘azal, 8-bayt)
yaxshi – yomon,
Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi, Bir yo‘li mehr-u vafo rasmini barbod ayladi. (611-g‘azal, 1-bayt)
mehr – nomehribon
Qo‘rqaram, ahli vafo ohi anga qilg‘ay jafo, Bu jafolarkim vafo ahlig‘a bunyod ayladi. (611-g‘azal, 2-bayt)
vafo – jafo
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay. (621-g‘azal, 1-bayt)
vayron – obod, ko‘ngli buzug‘ – shod
Bizga yetmas erdi bir nomehribon dard-u g‘ami, Kim fuzun ham bo‘ldi yori mehribonning motami. (636-g‘azal, 1-bayt)
mehribon – nomehribon