Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq maqollari

Alloh-Alloh, telbalik soldi xayoloti muhol                        Ko‘ngluma, yo‘qsa ne loyiqdur gado sultong‘a to‘sh.            (253-g‘azal, 5-bayt)


“Gado sultonga havas qilur”.

Rizo berkim, qazog‘a yo‘q tafovut, kimsa yuz qatla              Ne kelsa ollig‘a xursand yoxud badpisand etmish.               (254-g‘azal, 7-bayt)


“Peshonada yozilgani bo‘ladi”.

Rizo berkim, qazog‘a yo‘q tafovut, kimsa yuz qatla              Ne kelsa ollig‘a xursand yoxud badpisand etmish.               (254-g‘azal, 7-bayt)


“Peshonada yozilgani bo‘ladi”.

Raqibi sindurub ko‘nglinu men yig‘lab anga, lekin,             Su keltirmak hamonu ko‘za sindurmoq hamon ermish. (259-g‘azal, 4-bayt)


“Suv keltirgan xor-ko‘za sindirgan aziz”

Oyini qanoat tut, izzat tilar ersangkim,                       Ermish tama’ ahlidin har kimki zalil ermish.                                       (268-g‘azal, 6-bayt)


“Izzat tilasang ko‘p dema, sihat tilasang ko‘p yema”.

Bo‘lmayin g‘arqi fano, istamag‘il gavhari vasl,                         Dur topilmas, kishi to bahrda bo‘lmas g‘avvos.               (271-g‘azal, 3-bayt)


“Jondan kechmay daryo kechilmas”, “Jon chekmasang janona qayda”.