Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallarida uchraydigan xalq maqollari
Kirg‘ovul qorda yoshurg‘an kibidur ayblaring, Elga bas zohir, agarchi sen etarsen ig‘moz. (276-g‘azal, 5-bayt)
“Qirg‘ovul qorda aybin yashirar”.
Haqdin azizliq tilasang, eldin uz tama’, Kim xalqni aazzi dedi “azza man qana’ ”. (288-g‘azal, 1-bayt)
“Qanoat qilgan – aziz”.
Ko‘nglidek so‘rma Navoiyniki, qilmag‘lig‘ erur Qushni ozod o‘zga nav’u qulni ozod o‘zga nav’. (292-g‘azal, 7-bayt)
“Qushni ozod qilmoq boshqa-yu, qulni ozod qilmoq boshqa”.
Ishq ko‘yining gadoyimenkim, anga tengdurur Shoh esa zarbaftlig‘ yo soyil o‘lsa jandalig‘. (298-g‘azal, 6-bayt)
“Ishqda shoh-u gado teng”.
Gar sochsa ul xalifa so‘zidin duri samin, Dur har necha samin esa, beqadrdur sadaf. (303-g‘azal, 5-bayt)
“Dur qancha ko‘p bo‘lsa, beqadr bo‘lar”, “Gavhar ko‘p bo‘lsa, qadri bo‘lmas”, “Zar qadrin zargar bilur”