Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Yo‘q daming, balkim nasimi gulshaning aylar sahih, Bo‘lsalar muhlik marazdin notavon Xizr-u Masih. (103-g‘azal, 6-bayt)

Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Xattidin la’lig‘a yettim, la’lidin toptim hayot, Ul ikav bo‘ldi manga, ey xasta jon, Xizr-u Masih.(103-g‘azal, 7-bayt)

Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Bu fano dayrida zohir bo‘ldi anfosi Masih Kim ichib tutti manga ul dilbari tarso qadah. (105-g‘azal 6-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Su xumor ahli icharlar, ul ham o‘lg‘andin zarur, Ichmagum hayvon suyin, ey Xizr, topqum to qadah. (105-g‘azal 8-bayt)

Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar

Xusravi G‘oziyki, jomi Jam anga bo‘lsun nasib, To quyoshtin ko‘rguzur bu torami a’lo qadah. (105-g‘azal, 13-bayt)

Xusravi G‘oziy –sulton, Abulg‘oziy Bahodirxon Jomi Jam – Jamshid jomi. Jamshid – Peshdodiylar sulolasiga mansub hukmdor, jahonnamo jomi bo‘lgan

Xatti davrig‘a, ne tong, evrula gar olmas Xizr, Kim bu jur’atda emas gunbadi xazro gustox. (108-g‘azal, 5-bayt)

Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar