 
            Alisher Navoiy korpusi
 
            
            
            
    
        "Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati
                    Ishq Masih ayladi, garchi bor edi                                                                                              Ilm ishkolig‘a hallol xirad. (121-g‘azal, 3-bayt)
                       
                    
                
                Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan
                    Kahkashoidin chekma saf anjum sipohin shomi hajr,                                                                          Men o‘lubmen, ey falak, hojat emas qilmoq nabard. (122-g‘azal, 4-bayt)
                       
                    
                
                Kahkashon – Somon yo‘li
                    Chunki Shirin ko‘zi behad qoradur, bas necha mil                                                                   Toshni surma nedin ayladi oyo Farhod. (125-g‘azal, 5-bayt)
                       
                    
                
                Shirin – “Farhod va Shirin” dostonidagi go‘zal mahbuba, Farhodning sevgilisi Farhod –“Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi
                    Hayot ichra baqo chun mumkin ermas Nuh bo‘lsinkim,                                                                               O‘lar holatda tug‘may o‘lgan o‘g‘li birla yaksondur. (132-g‘azal 7-8-bayt)
                       
                    
                
                Nuh – islomiyatdan avval o‘tgan va uzoq umr ko‘rgan payg‘ambar
                    Qaydadur Majnunki, bergay pand-u chun fahm etmasam,                                               Yig‘lag‘ay holimg‘a bag‘ri og‘rig‘andin zor-zor. (133-g‘azal 3-bayt)
                       
                    
                
                Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi
                    Yo qani Farhodkim, g‘am tog‘ini tirnog‘ ila                                                    Qozg‘animdin, teshav u tog‘idin o‘lg‘ay sharmisor. (133-g‘azal 4-bayt)
                       
                    
                
            Farhod –“Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi
 
    