Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

G‘arazi buki, habibimg‘a qul o‘lg‘ay Yusuf, Husn bozorida har nechaki o‘zin sotadur. (143-g‘azal 7-bayt)

Yusuf – payg‘ambar, Ya’qub alayhissalomning o‘g‘li

Meni Majnun tanin tirnog‘larning zaxmidin ko‘rgan Degay Layli iti har yon qo‘tur jismini qoshibdur. (144-g‘azal 7-bayt)

Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi Layli –“Layli va Majnun” dostonidagi go‘zal va latofatli mahbubaning ismi. Majnunning sevikli yori

Jon yetib og‘zimg‘a o‘lgum, bir nafas Tengri uchun, Ey Masihim, kel beri, ey muddai, sen nori bor. (145-g‘azal, 4-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Layli qabilasi o‘ti qaydin ko‘runsa shom, Majnunni kuydurur, bu ne o‘tluq qabiladur. (146-g‘azal, 4-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Shiddatin Farhod qilg‘ay fahm, yo‘q Parvezkim, Dardni xokiylar anglar, yo‘q falak dargohlar. (149-g‘azal, 3-bayt)

Farhod –“Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi Parvez – Sosoniy hukmdori Xusrav Parvez

Ishqim zuhuri Vomiq-u Majnung‘a urdi xat, Gar ishq daftarida burunroq bitildilar. (155-g‘azal 2-bayt)

Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi