Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Ozimi dashti fano bo‘ldum, kelur Majnun dag‘i, Gar qadam tez urmon andindurki, hampoyim kelur. (174-g‘azal 6-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

May labingg‘a yetsa, jonimg‘a harorat yetkurur O‘t agar Iso dami birla yorurkim, kuydurur. (176-g‘azal, 1-bayt)

Iso – Iso Masih (a.) payg‘ambar. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Anda Majun-men, buyon Layli-sen, etkach ijtimo’, Bir taraf devonalar, bir yon pariy ruxsoralar. (177-g‘azal, 5-bayt)

Layli –“Layli va Majnun” dostonidagi go‘zal va latofatli mahbubaning ismi. Majnunning sevikli yori Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Ul Masihodinki bir dam ayr-u tushtum, o‘lmadim, Ohkim, o‘lguncha ushbu infiol ollimdadur. (178-g‘azal 2-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Har gadoyekim, jahonda bir muvofiq yori bor, Xizr umri-yu Sikandar hashmatidin ori bor. (183-g‘azal 1-bayt)

Sikandar –o‘z davrida Yer yuzining yagona hukmdori bo‘lgan podshoh

Har quyun ham dashti ichra ko‘rsa Layli sog‘inur, Kim xas-u tufrog‘ aro Majnuni sargardonidur. (184-g‘azal 5-bayt)

Layli –“Layli va Majnun” dostonidagi go‘zal va latofatli mahbubaning ismi. Majnunning sevikli yori Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi