Alisher Navoiy korpusi
            
            
            
    
        "Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati
                    Bul ohimdin falakka yetsang oxir ishqi Majnunkim,                                                                      Bu el imdod ila ul shu’lani andoq baland etmish. (254-g‘azal, 4-bayt)
                       
                    
                
                Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi
                    Visoling bay’ida sud etmish ul tojirki, Yusufdek                                                                             Agar ming bandasi bo`lsa, barin bu vajh uchun sotmish.(256-g‘azal, 2-bayt)
                       
                    
                
                Yusuf – payg‘ambar, Ya’qub alayhissalomning o‘g‘li
                    Orazing naqshiki chiqmas tiyra ko‘nglumdin dame,                                                                        Qildilar go‘yoki Yusuf suvratin zindonda naqsh. (257-g‘azal 4-bayt)
                       
                    
                
                Yusuf – payg‘ambar, Ya’qub alayhissalomning o‘g‘li
                    Ey musavvir, sizmag‘il Majnun-u Layli suvratin,                                                                            Bas men-u yorim hadisi safhai davronda naqsh. (257-g‘azal, 5-bayt)
                       
                    
                
                Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi Layli –“Layli va Majnun” dostonidagi go‘zal va latofatli mahbubaning ismi. Majnunning sevikli yori
                    Falak javfi to‘la zahr o‘lsa, muncha qatl emas mumkin,                                                                  Ki anfosi Masih oyin bila ul no‘shlab qilmish. (258-g‘azal, 3-bayt)
                       
                    
                
                Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan
                    Meni devonag‘a yuz shikva bor o‘z qavm-u xaylimdin,                                                                Ki Majnung‘a ne turlik zulmkim qilmish, arab qilmish. (258-g‘azal 7-bayt)
                       
                    
                
            Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi