Alisher Navoiy korpusi
"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati
Ey ko‘ngul, Farhod tog‘i birla metin zaxmidin Dard-u mehnat shiddatidin jismi afgoring g‘araz. (279-g‘azal, 5-bayt)
Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi
Ey, o‘lukni tirguzur chog‘da surub durbor lafz, Dam-badam zohir qilib lutfung Masihosor lafz. (285-g‘azal, 1-bayt)
Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan
Haqdin azizliq tilasang, eldin uz tama’, Kim xalqning aazzi dedi “azza man qana’”. (288-g‘azal 1-bayt)
Aazz – Muhammad Mustafo (s.a.v)
So‘zung nomabar qush yig‘ar aylagandek Nabi nuktasin Jabraili amin jam’. (290-g‘azal 8-bayt)
Jabrail – payg‘ambarlarga ilohiy vahiyni yetkazuvchi farishta
Yorni men ko‘rmay o‘ldum, ul ko‘rub ham o‘lmadi, Ishq aro men bormen o‘zga nav’ u Farhod o‘zga nav’. (292-g‘azal 2-bayt)
Farhod –“Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi
Sho‘x mayno‘shimg‘a Qorun ganji to‘ksam qadri yo‘q, Bizni mayxona gadoyi qildi ul qalloshlig‘. (296-g‘azal 6-bayt)
Qorun – Ham qavmiga zo‘ravonlik qilgani uchun Alloh uni yerga yutdirib yubordi. Ya’ni hech kim uni Allohning balosidan qutqarolmadi