Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Qozib g‘am tog‘i tosh ostida o‘lmak ne edi mendek, Gar ermas erdi bir Shirin sanamga Ko‘hkan oshiq. (315-g‘azal 5-bayt)

Shirin – “Farhod va Shirin” dostonidagi go‘zal mahbuba, Farhodning sevgilisi

Labingdur jomi Jamshid-u yuzung mir’oti Iskandar, Musallamdur sanga husn-u jamol ahlig‘a sultonliq. (316-g‘azal, 6-bayt)

Jamshid – peshdodiylar sulolasiga mansub uchinchi podshohning ismi. Jahonnamo jomi bo‘lgan

Labingdur jomi Jamshid-u yuzung mir’oti Iskandar, Musallamdur sanga husn-u jamol ahlig‘a sultonliq. (316-g‘azal, 6-bayt)

Iskandar – O‘z davrida Yer yuzining yagona hukmdori bo‘lgan podsho

Masiho nuktasi gar jon berur erdi, vale bilgil, Ki jon olmoqqa ermas erdi ul shirin takallumdek. (324-g‘azal, 5-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Og‘zikim so‘zda Masihodek qilur elni tirik, Bas ulug‘ so‘zlukdurur, garchi erur asr-u kichik. (326-g‘azal, 1-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Tutay jahonda Sulaymon seni va yo Jamshid, Ne munga jom vafo ayladi, ne anga uzuk. (331-g‘azal, 6-bayt)

Sulaymon – islomiyatdan avval o‘tgan payg‘ambarlardan biri. Dovud payg‘ambarning farzandi Jamshid – peshdodiylar sulolasiga mansub uchinchi podshohning ismi. Jahonnamo jomi bo‘lgan