Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Uylakim uryon tanimg‘a yog‘di tosh hijronida, Ey Masih, asra damingkim, behad afgor o‘lmisham. (417-g‘azal, 2-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Ko‘rmagan Xizr suyining borishin, Kel-u ko‘r obi hayotimg‘a xirom. (421-g‘azal 2-bayt)

Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar

Qaysi Majnun sog‘alur, ko‘rsa meni telba bo‘lur, Telbalar xaylig‘a sarmoyayi savdo bo‘ldum. (427-g‘azal, 3-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Labi vasfida Navoiy dami tirguzdi o‘luk, Fayzi qudsiy chu madad qildi – Masiho bo‘ldum. (427-g‘azal 7-bayt)

Masiho – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Ey pariy, rahm etki, ko‘nglum zor erur, bechora ham, Ishq-u savdo dashtida Majnun erur ovora ham. (428-g‘azal 1-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Yormangiz Farhod-u Majnun ollida ko‘ksumnikim, Botinimning dard-u dog‘in ahli zohir ko‘rmasun. (440-g‘azal, 2-bayt)

Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi