Alisher Navoiy korpusi
"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati
Dasht aro derlar meni, Majnun, ani men ko‘rgan el, Charx zoli bizni go‘yokim ketirmish tav’amon. (442-g‘azal, 4-bayt)
Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi
Voizo, ko‘p vasf qilding Comirining sehrini, Hozir o‘lg‘ilkim, seni ul ko‘zi sohir ko‘rmasun. (440-g‘azal, 5-bayt)
Somir – Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi
Azm etib ermish Navoiyni so‘rarg‘a ul Masih, Ey ajal, joning uchun jonimg‘a rahm et bir zamon. (442-g‘azal, 7-bayt)
Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan
Titraguch ermas murassa’kim, quyosh boshi uza Xo‘shai parvin shioi xat aro qilg‘il makon. (443-g‘azal, 4-bayt)
Xo‘shai Parvin – Hulkar burji
Dasht uza Majnun kibi sargashtadurmen, to erur Ul musofir mahvashim Layli kibi sahronishin. (444-g‘azal, 2-bayt)
Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi Layli – “Layli va Majnun” dostonidagi go‘zal va latofatli mahbubaning ismi. Majnunning sevikli yori
Xizrvash xat birla chun husnung samandin surgasen, Yuz Sikandarni sug‘a eltib, susiz kelturgasen. (447-g‘azal, 1-bayt)
Sikandar – Iskandar, o‘z davrida Yer yuzining yagona hukmdori bo‘lgan podshoh