Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Chu men ko‘rgach seni behush o‘lub, shafaq bila eltib, Kirib ikki qo`lumg‘a yig‘la-yu Farhod ila Majnun. (451-g‘azal 2-bayt)

Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Erur sargashta xoki tan aro majnun ko‘ngul har yon, To‘n etkanda quyundin jismig‘a Majnuni sargardon. (452-g‘azal 1-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Tuzaldi Nuhning to‘fonidin so‘ng dahr-u ashkimdin Qiyomat oshkoro bo‘ldi ul to‘fon-u bu to‘fon. (452-g‘azal, 5-bayt)

Nuh – islomiyatdan avval o‘tgan va uzoq umr ko‘rgan payg‘ambar

Yaqosi chokini Majnunning asr-u ko‘p o‘kma, Uyal bu ko‘ksi uza chok jismi uryondin. (458-g‘azal, 3-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Umrida Farhod-u Majnun hosil etkancha balo, Ishqdin bordur meni mahzung‘a hosil har zamon. (460-g‘azal, 3-bayt)

Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Ey Navoiy, nazm mulki chun seningdur, aylagil Shoh G‘oziy vasfi ichra tilni qoyil har zamon. (460-g‘azal,11-bayt)

Shoh G‘oziy – Husayn Boyqaro nazarda turilgan