Alisher Navoiy korpusi
"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati
Majnundek elarmen etakim birla chu tufroq Go‘yoki fano gardi yog‘ar ul elakimdin. (491-g‘azal, 5-bayt)
Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi
Men-u, qon yutmog‘-u mayxona tufrog‘i, demang zinhor Manga Jamshid jomi birla Afridun sariridin. (492-g‘azal, 5-bayt)
Jamshid – peshdodiylar sulolasiga mansub uchinchi podshohning ismi. Jahonnamo jomi bo‘lgan
La’li ul kofirning elga jon bag‘ishlar, ey Masih, Necha anfosing bila da’voi e‘joz etkasen. (495-g‘azal, 4-bayt)
Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan
Quyundek po‘yada maydon manga gah tog‘ erur, gah dasht, Magar Majnun bila Farhodning hamposi bo‘lmishmen. (496-g‘azal 2-bayt)
Majnun –“Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi Farhod –“Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi
Ey Navoiy, yor agar zulm etsa, shahg‘a qil duo Kim anga tobi’durur adl ichra yuz No‘shiravon. (500-g‘azal 7-bayt)
No‘shiravon – Sosoniy hukmdorlaridan
Men solay ohim bila olamg‘a zulmat, ey Xizr, Sen su keynicha yugur chashmang sari olib sab-u. (509-g‘azal 4-bayt)
Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar