Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Hajridin o‘ldum demangkim, boshima kelmish Masih, Aytin, ul osoyishi ruh-u ravonim keldim-u. (512-g‘azal, 5-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Dasht devonasig‘a men qiluram istiqbol, Chiqsa Majnung‘a, ne tong, g‘uli biyobon o‘tru. (515-g‘azal, 5-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Hadisi poku nutqi jonfizoingdin topib Iso, Ki anfosi qilib ibro, agar abras agar akmah. (521-g‘azal, 3-bayt)

Iso – Iso Masih (a.) payg‘ambar. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Zanaxdon chohi-yu ges-u kamandi gar bu yanglig‘dur, Erur vasfig‘a bersam tul Yusuf qissasi ko‘tah. (521-g‘azal, 8-bayt)

Yusuf – payg‘ambar, Ya’qub alayhissalomning o‘g‘li

Labing obi hayotin Xizri xatting no‘sh etar soat, Hubob o‘lmish ushoq bir-ikki, oni dema tabxola. (522-g‘azal, 4-bayt)

Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar

Meni telba birla Farhod orasida faqr ko‘ptur, Anga xora qazmoq ish, vahki, yog‘ib boshimg‘a xora. (523-g‘azal, 4-bayt)

Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi