Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Fig‘onki xastalarin ul Masih tirguzubon Vale Navoiyi dilxastani unutti base. (602-g‘azal 7-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Qaydakim jonbaxsh la’lidin Masiho kalom Surdi, ul yerdin kelur yuz qarndin so‘ng jon isi. (606-g‘azal 4-bayt)

Masiho – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Ko‘ngli mulkin istar obod, vah, buzar xayli firoq, To Navoiy azmi mulki Astrobod ayladi. (611-g‘azal 7-bayt)

Astrobod – Xurosondagi shaharlardan biri

Ko‘p o‘lmish bul-ajabliq ishq aro ul jumladin bir bu, Ki shohi G‘aznaviy mahkum bo‘lg‘ay, hukm Ayoz etkay. (613-g‘azal, 6-bayt)

G‘aznaviy – Sulton Mahmud – G‘aznaviylar sulolasining asoschisi

Navoiy yor ila bo‘lsa, haramdur anga dayr ichra, Agar mayli Ajam qilg‘ay, gar ohangi Hijoz etkay. (613-g‘azal, 11-bayt)

Ajam – Arablardan boshqa Sharq xalqlarining umumiy nomi

Navoiy yor ila bo‘lsa, haramdur anga dayr ichra, Agar mayli Ajam qilg‘ay, gar ohangi Hijoz etkay. (613-g‘azal, 11-bayt)

Hijoz – Saudiya Arabistonida joylashgan vodiy